Yunus Rajabiy mahallasidagi daraxtlar kesilişi böyiça zarar undirildi
Ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar undirildi
Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” mahallasida joylaşgan 72, 66/1, 66/2 va 66/4-uylar oraliğidagi maydonda mavjud köp yillik 81 ta daraxtlarning qonunga xilof ravişda kesilganligi holati böyiça töplangan hujjatlar Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan örganib çiqildi.
Aniqlanişiça, Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 2018-yil 18-apreldagi 608-sonli qaroriga asosan, “Building And Supplies” MÇJga “Yunus Rajabiy” mahallasi 72, 66/1, 66/2 va 66/4-uylar oraliğida 0,5 gektar yer maydoni köp qavatli turar joy binolarini quriş uçun doimiy foydalanişga ajratib berilgan.
Uşbu qaror şaharsozlik qoidalariga zid bölgani uçun şahar prokurori tomonidan 2018-yil 4-iyulda protest keltirilgan.
Şahar hokimining 2018-yil 17-iyuldagi 1053-sonli qaroriga köra, protest qanoatlantirilgan va 608-sonli qaror bekor qilingan.
Bu holatdan norozi bölgan “Building And Supplies” MÇJ hududiy maʼmuriy sudga ariza bergan va Bektemir tumani maʼmuriy sudining 2018-yil 12-noyabrdagi qarori bilan şahar hokimining 1053-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan va dastlabki qarori yana kuçga ega deb topilgan.
“Yunus Rajabiy” mahallasida yaşovçi aholining şahar hokimining 608-sonli qarorini haqiqiy emas deb topiş töğrisidagi Çilonzor tumani maʼmuriy sudiga kiritgan arizasi, sud tomonidan 2019-yil 11-dekabrda rad qilingan.
Uşbu sud qarori 2020-yil 27-yanvarda Toşkent şahar maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasida körilgan va özgarişsiz qoldirilgan.
“Building And Supplies” MÇJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi köp yillik 81 ta daraxtlar qonunga zid ravişda kesilganligi oqibatida ösimlik dunyosiga 630,4 mln. söm moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan 2020-yil 22-fevralda Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 198-moddasi 2-qismi bilan Yakkasaroy tumani hokimligi va “Building And Supplies” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat kodeksining 198-moddasi 4-qismiga köra, yetkazilgan moddiy zarar uç karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmaydi.
Dastlabki tergovda 2 nafar ayblanuvçilardan 1 mlrd. 891,3 mln. söm moddiy zarar undirildi va ularga garov ehtiyot çorasi qöllanildi.
“Yunus Rajabiy” mahallasi hududida noqonuniy kesilgan dov-daraxtlar yer maydoni tezkorlik bilan tozalanib “Lipa”, “Beryoza”, “Kaştan” va “Pavloniya” daraxtlari ekilişi taşkil qilindi.
Jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
