Yunusobodda nomaʼlum şaxslar tört tup qarağayni kesib ketdi

Matn13-yanvar, 2022, 11:352 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Muhrim / Муҳрим

Yunusobodda, Şahristonda, şundoqqina yöl böyida ösib turgan tört tup qarağayni “niqobdagi nomaʼlum şaxslar” kesib ketibdi. Kesgan daraxtini olib ham ketmagan, şunçaki kesib ketgan. Xuddi “Çöqintirgan ota”da “sani bu bolang mani filmlarimda öynamaydi” degan prodyuserning yotoğiga uning sevimli, qimmatbaho otining boşini taşlab ketişganidek. Şahristonliklarga, ehtimol, bu yerni auksionda sotib olgan boylarning qudratini körsatib qöymoqçi bölişgandir — “sanlar blogerlar, saytlar orqali şov-şuv qilaverlaring, oxiri bu yerda himoya qilgulik daraxt qolmaydi, men esa (parkovkasi yöq) savdo markazimni qur(ib, bu yerni battar tirband qil)aman”, demoqçidir ular.

Birinçidan, xotiramiz qisqa — bir şov-şuv kötarilsa-yu, şu şov-şuvning isi eng yuqorigaça yetib borsa (yetkaziş esa unçalik ham qiyin emas hozir), yöl böyidagi şu bir hovuçgina joyga köz tikkan öziça zörlar uçun siçqonning ini ming tanga bölib ketişi, ular endi, iloji bölsa, şu yerdan qutuliş uçun şu joyning öziga bir keçada 10 mingta baobab va yana 20 mingta evkalipt ekişga ham rozi bölib qolişi mumkin. Yunus Rajabiy mahallasidagi daraxtzor maşmaşasini eslang.

Nafaqat oddiy odamlarning, rasmiylarning ham xotirasi qisqa — Yunus Rajabiy mahallasidagi öşa maşmaşadan keyin, masalan, bir dunyo vallomatlarimiz daraxtlar endi eng muqaddas neʼmat bölişi, ularni endi köz qoraçiğimizday asraşimiz, bir yilda butun poytaxt böylab 11 millionta daraxt ekilişi haqida gapirgandi. Töğri, bu gaplarni gapirganlarning deyarli bari hozir umuman boşqa joyda, boşqa lavozimda, boşqa balandparvoz gaplarni aytiş bilan band. Lekin baribir qanaqadir liniya bölişi kerak-da.

Ikkinçidan, “Tuşda keçgan umrlar”da eski çekist qiynoqlarning har turli körinişlarini hikoya qilib beradi-ku, kimnidir xuddi şunday qiynaş kerak, demoqçi emasman, yöq, aslo, lekin öşa “niqobdagi nomaʼlum şaxslar”ni topiş juda osonligini eslatmoqçiman, xolos. Istak, xohiş (yoki qatʼiyroq bir buyruq, topşiriq) bölsa kifoya. Körganmiz-ku, bular aybdorlarni baribir topolmaydi, degan joyimizda atigi bir neça marta adaşganimizni (muhimi — adaşganmiz!). Xohlaşsa, topişadi.

Nafaqat “niqobdagi nomaʼlum şaxslar”ni, balki ularga kim buyurtma berganini, buyurtma berganlarga kim (işqilib, ekopolitsiya yo ekoqömita vakili bölmasin-da) bunday aql örgatganini, hatto özi bu yer qanday qilib auksionga çiqib qolganigaça topa olişadi. Işonçim komil.

  • 👍 1467
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek