Öqişni köçirişda qalbaki hujjatlardan ogohlantiriş
Qöşni davlatlardan öqişni köçirişda qalbaki hujjat topşirayotganlar aniqlanmoqda
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi qöşni davlatlardagi OTMlardan öqişini köçiriş böyiça murojaat qilayotgan fuqarolar va ularning ota-onalariga ogohlantiriş bilan çiqdi.
Vazirlikning Hududiy işçi guruhlariga fuqarolar tomonidan qalbaki (soxta, yasama) hujjatlar topşirilayotganligi aniqlanayotgan ekan.
Vazirlik aytişiça, ariza topşirgan fuqarolarning hujjatlari töliq tekşiriladi va qalbaki hujjatlar aniqlangan taqdirda talabalikka qabul qilinmaydi hamda hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga taqdim etiladi.
Şu sababli Sizlarga kimlardir qöşni davlatlardagi OTMlardan birida öqiganlik töğrisidagi qalbaki hujjat qilib berişni taklif etayotgan bölsa, unda bunday taʼmagir va firibgarlarning takliflaridan ehtiyot böling, ertaga boşingizga balo orttirib olmang, deyişmoqçi.
Öz-özidan Sizda savol tuğilişi mumkin, şundoq ham qöşni davlatdan hamma talabalar imtihonsiz öqişni köçira olişsa, unda qalbaki hujjat nimaga kerak?
Bunday qalbaki hujjatlarni asosan 2 ta holatda tayyorlaş taklif qilişlari mumkin:
1) umuman heç qayerda öqimaydigan va ötgan yillari öqişdan yiqilganlarni xuddiki Qozoğiston, Qirğiziston yoki Tojikistonda öqiyapti, degan mazmunda soxta hujjat tayyorlab beriş. Uyoqdagi xususiy OTMlarga ham nima farqi bor, bitta maʼlumotnomani falon pulga qilib berişadi, heç narsa yöqotmaydi. Şu bahona qarabsizki, yöq joydan kimlardir bahorga kelib 1-kursdan özimizda öqişni boşlaşi mumkin;
2) Haqiqatdan qöşni davlatda öqiyotgan talabalar yönalişi haqida soxta hujjat tayyorlaydi. Masalan, agrar sohada öqiyotganlar bir amallab yurisprudensiya yoki tibbiyot yönalişida öqiyotganligi haqida maʼlumotnoma olib, Özbekistonda şu yönalişlarga öqişini köçirib olişga harakat qilişmoqda.
Yaxşi bilasizlarku, bizda aksariyat talabalarning kelajak uçun öz oldiga qöygan aniq maqsadi va rejasi yöq. Ularga soha yoki yönaliş qiziqmas, diplom bölsa kifoya. Şu sababli 1 yoki 2-kursdan keyin bir yumalab umuman boşqa sohaga ötib ketaveradi. "Falon soha zör" desa böldi, öşa yoqqa qarab ketaveradi.
Vazirlik bunday qalbaki hujjatlarga qarşi qanday yöl bilan kuraşayotganligini aniq bilmadimu, lekin albatta bu böyiça öta qatʼiy turiş kerak. Çunki Hukumatning uşbu qaroridan ayrimlar rosaaaa «soqqa» qiliş ilinjida yugurib yurgani bor gap.
👉 @xushnudbek 👈

