Özbekiston va Kanadadagi internet tezligi hamda narxlari
Öqing, faqat yiğlamang
Mutasaddilardan biri Özbekistonda internet tezligi 10 barobar oşadi, debdi. Xuddi şunaqa gapni 2018-yil noyabr oyida ham aytişgandi. Lekin ahvol juda havas qilgudek yaxşilangani yöq.
Şu xabarlar fonida Kanadada yaşayotgan Farhod Fayzullayev quyidagiça post qoldiribdi desangiz:
“Uyimda hozir 150 megabit tezlikdagi internet uçun oyiga 68 AQŞ dollari (bu yerda va quyida AQŞ dollarida keltiraman, tuşunarliroq bölişi uçun) tölayman. Bu summaga 1 terabayt trafik va ikkita bepul vay-fay nuqtasi kiradi.
Keça «Feysbuk»da provayderim reklamasini körib qoldim. Unda hozirgi tezligim uçun $53 tölaş taklif qilinyapti.
Darhol telefon qildim. Birinçi operatorning sözlariga köra, u reklama yangi mijozlarga qaratilgan, mavjud mijozlarga bunaqa çegirma yöq. «Yiğiştir karam şörvangni» degandim, «hozir, oka» deb Loyallik (qöpol qilib tarjima qilganda «vafo») departamenti bilan ulab berdi. Bu bölim norozi kliyentlar bilan muomala qilarkan.
Göşakni kötargan Aleksga töğrisini aytdim: «2016-yildan beri sizlar bilanman, keliştirib ber». Aleks ming bor uzr söradi-da, yangi tarif taklif qildi.
Taklifga köra, 150 megabit internet uçun 68 emas, $53 tölayman va yana quyidagilarni bepul qöşib berişadi:
+ 1 terabayt limitni olib taşlaydi va internet trafigim çegaralanmaydi
+ bir yuz qança kanalli kabel televideniyesi qöşib beradi
+ «Netfliks» obunamni kompaniya öz böyniga oladi. Hozir «Netfliks» uçun $13 tölayman oyiga, bundan buyon esa bu summani provayderim tölaydi
+ hisobimga $75 taşlab beradi, kelajakdagi harajatlarimni qoplaş uçun.
Hammasi oyiga 53$ga. Hozirgi tarifimdan $28 yutyapman (15 internetdan, 13 Netfliksdan) va yana bir botmon qöşimça xizmatlar berişdi.
Faqat bitta şarti bor: provayder bilan ikki yillik şartnoma tuzaman va şu davr mobaynida boşqa kompaniyaga ötib ketmasligim kerak. Ötib ketadigan bölsam, 24 oydan qolgan har bir oy uçun $12 jarima tölayman.
Köndim zörğa, özimni rosa torozga solib 😃 Lekin tuşunmadim, şunça çegirmani nimaga berdi? Nega avvalroq telefon qilmadim?
Yana bir-ikki oydan keyin telefon qilayçi, balki internetdan foydalanganim uçun menga pul tölaşni boşlaşar... 🤔
Suratlarda:
Çapda uydagi internet (vay-vay), öngda mobil internet.
Uzr.
Narxlar:
Uy interneti uçun oyiga $53 (çegarasiz traffik), mobil telefon uçun ham $53 (20 Gigabayt traffik)
Post tugadi.
Bu gaplarni öqib, yiğlagingiz kelmadimi mabodo?
👉 @xushnudbek 👈


