Öqişni köçirişdagi şaffoflik va korrupsiya masalalari

Matn21-fevral, 2020, 19:163 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öqişni köçirişdagi şaffoflik qanday taʼminlanadi?

Şu mavzuga yana qaytgan holda vazirlikning öziga ayrim savollarim bor. Bilamizki, öqişni köçiriş azal-azaldan eng yopiq va korrupsiyalaşgan tizimlardan biri bölib kelgan. Bu jarayonni tartibga soliş böyiça ayrim işlar boşlangani rost, masalan, oçiq testlar ötkaziş boşlandi. Ammo şaffoflik yölida qilingan işlar maqtanarli darajada emas.

Haligaça Davlat qabul komissiyasi degan öta yopiq bir tuzilmaning heç qayerda oçiq eʼlon qilinmaydigan maxfiy protokollari orqali minglab talabalar öqişini uyoqdan-buyoqqa köçiradi. Kimlardir viloyatlardan Toşkentga keladi, kimlardir bir OTMdan ikkinçisiga ötadi, kimlardir umuman boşqa yönalişlarda öqişni boşlaydi.

Yaqinda bir OTM xodimi aynan perevod işi böyiça qançadir ming dollar bilan qölga tuşganini ham öqidik. Bundaylar aslida taʼlimda tiqilib yotibdi. Qaçondir Hukumat öqişni köçiriş tizimidagi korrupsiyaga ham jiddiy eʼtibor beradimi? Tizim şaffoflaşadimi? Qoidalar yanada aniq işlab çiqiladimi? Qaçon?

Masalan, qöşni davlatlardan öqişni köçiriş tartibini olaylik. Uşbu jarayon bir neça ön ming talabalarga taalluqli ekanligini hisobga olib, ayrim savollarim bor.

Birinçidan, vazirlikning maʼlum qilişiça, asosiy talabalar sirtqi va keçki taʼlimga “perevod” böladi. Ammo kunduzgi taʼlimga ham “perevod” qiliş mumkin. Bunda OTMdagi siğim hisobga olinadi. Yaxşi, bunisi tuşunarli.

Endi tasavvur qilaylik, SamDUning matematika yönalişida 50 kişilik joy bor. Ammo öqişni şu yönalişga köçirib kelayotgan talabgorlar soni 300 kişi. Xöş, mana şu 300 kişi orasidan kimlar kunduzgiga ötadiyu, kimlar sirtqi va keçkiga ketadi? Kim köproq qistir-qistir qilsa yoki zör tankasi bölsa, öşa kunduzgida qolib, puli va tanişi yöq talabalarni keçkiga ötkazilmasligiga kim kafolat bera oladi? Buning aniq huquqiy mexanizmi işlab çiqilganmi?

Ikkinçidan, “perevod”lar doimiy röyxatga olingan joyi böyiça amalga oşmoqda. Yaʼni surxondaryolik talaba öqişini qöşni davlatdan köçirib kelayotgan bölsa, qoida tariqasida u Surxondaryodagi OTMlarda öqişini davom ettirişi mumkin. Ammo u Toşkentda öqişni istasaçi? Bunga haqqi bormi? Agar haqqi bölsa, unda kimlar Toşkentga kela oladiyu, kimlar viloyatida qoladi? Yana pul, yana korrupsiyaga örtaga çiqadimi? Agar viloyatliklar faqat öz viloyatida qolişi 100% aniq bölsa, unda kimdir kafolat bera oladimi, birorta ham talaba öz viloyatidan taşqarisiga “perevod” qilinmaydi deb? Bu savolga ham hozirça javob yöq.

Uçinçidan, ayrim yönalişlar barça viloyatlarda ham yöq. Masalan, tibbiyot yönalişi Toşkentdan taşqari yana 5 ta viloyatda bor xolos. Bunday holda talabalar öziga yaqin viloyatga öqişini köçirişi mumkin. Aytaylik, navoiylik talaba Qozoğistondagi tibbiyot yönalişidan “perevod” qilmoqçi. Xöş, u qaysi viloyatga boradi? Samarqand, Buxoro yoki Xorazm? Agar u Toşkentga kelişni istasaçi? Buning aniq mexanizmi bormi?

Yoki yurisprudensiyani olaylik. Bir paytlar huquqiy taʼlim tizimidagi bemaʼni islohotlardan keyin Respublikamizda faqat ikkita — Toşkent davlat yuridik universiteti va Qoraqalpoq davlat universitetidagina yurisprudensiya yönalişi bor xolos. Xöş, kimlar TDYUUga "perevod" böladiyu, kimlar Qoraqalpoqqa boradi? Kim hal qiladi buni? Nima asosga köra hal qiladi?

Yuqoridagilar böyiça biror aniq reja, oçiq va şaffof tartib bormi? Yoki avval barça arizalar qabul qilinadiyu, keyin hammasi yopiq eşiklar ortida, komissiyalarning yaşirin muhokamalarida hal böladimi?

Agar hammasi mana şunday yopiq, mavhum va öta subyektiv hal qilinsa, vah-vah, bilingki, “million tuda, million suda” böladi. Çunki bizda yaxşi va ezgu qarorlarni ham özimiz könikib qolgan qinğir yöllar orqali hal qilişga harakat qiladigan insonlar juda, juda va juda köp. Ayniqsa taʼlim tizimida ular bolalab, tomir yozib ketişgan.

Mana şunday korrupsionerlarga qarşi turib bera oladigan birorta aniq mexanizmni esa hozirça körganim yöq.

Yuqoridagi uçta savolimga kimdir batafsil javob berarmikin, bunisini bilmadim...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek