Avtotransport sotib olganlik uçun yiğim bekor qilinişi mumkin
❗️2022-yil 1-yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim töliq bekor qilinişi mumkin
Moliya vazirligi 2022-yilgi davlat byudjeti loyihasini eʼlon qildi. Loyiha ilovasida 2022-yil uçun avtotransport yiğimlarining stavkalari jadvali ham bor. Mazkur jadvalda avtomobilni sotib olganlik uçun yiğim olib taşlangan. Demak, uşbu yiğim töliq bekor qilinişi kutilmoqda.
Şuningdek, deputat Doniyor Ğaniyev Moliya vazirligidagi manbalariga tayanib, «Davlat boji töğrisida»gi Qonunga kiritilişi kutilayotgan özgartirişga asosan avtomobil oldi-sotdi şartnomasini notarial rasmiylaştiriş uçun undiriladigan davlat boji, transport vositasining ot kuçi va işlab çiqarilgan sanasidan qatʼiy nazar, BHMning 3 barobari (810 ming söm) etib arzonlaştirilişi mumkinligini maʼlum qildi (qonun çiqaruvçi hokimiyat vakili ijro hokimiyatidan maʼlumot olib, qonundagi özgariş haqida xabar berişining özi juda ajoyib).
Hozirda notariusda tölanadigan davlat boji ot kuçiga qarab 10 barobargaça (2 mln 700 ming söm) edi.
✅ Xullas, bu degani maşinani notariusda oldi-sotdi qiliş keyingi yildan maşina turi va yoşidan qatʼi nazar taxminan 1 yarim million söm atrofida bölişi kutilmoqda (GAI xarajatlari bilan). Hozirda maşinaning ot kuçi va yiliga qarab örtaça 4,5 mln sömdan (Spark) 10 mln sömgaça (Kaptiva) boradi.
Bir paytlar jonajon monopol zavodimizni qöllab-quvvatlaş uçun (ikkilamçi bozorni öldiriş orqali) joriy etilgani aytiladigan uşbu otning kallasiday tölovlar sabab odamlar maşinani oldi-sotdi qilmasdan 810 ming sömga "generalnaya doverennost" rasmiylaştirardi. Bu esa amaliyotda juda köplab muammolarni va nizolarni keltirib çiqarayotgandi. Vijdonsiz odamlarning kasriga öz maşinasidan ajralib qolganlar ham afsuski yöq emas. Mazkur qonun loyihalari kuçga kirsa, yuqoridagi muammolar ança yeçim topsa kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


