Andijonda öquvçilarni sovuqqa olib çiqqan rahbarlar böşatildi

Matn23-noyabr, 2020, 11:092 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzБизнинг келажагимиз бўлган ёш авлод касал бўлса ҳам, совуқдан азоб чекса ҳам бизга фарқи йўқ. Чунки биз келажак ҳақида эмас, бугунимиз ҳақида ўйлаймиз. Бугунги…

Öquvçilari yupun kiyimda sovuqqa olib çiqilgan maktab rahbarlari işdan olindi

Keça ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bölgan holat yuzasidan Andijon viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi quyidagilarni maʼlum qildi:

1. Joriy yilning 19-noyabr kuni Andijon şahridagi 43-umumtaʼlim maktabiga “Yangi Özbekiston - Yangiça dunyoqaraş” şiori ostida mamlakatimizda közga köringan ziyolilar, sanʼat, fan-maʼdaniyat hodimlari hamda faol nuroniylardan iborat tarğibot guruhi taşrif buyurgan.

2. Tarğibot guruhi vakillari taşrifidan xabardor bölgan öquvçilar (soat 11:25)da ularni kuzatiş maqsadida yölakka çiqişgan. Ötkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratiş maqsadida mahalla faollari va maktab maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari ularni rasmga olgan. Işçi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana şu suratga oliş vaqtida 2-3 daqiqa taşqarida qolişganligi, söng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gaça) ularni sinf xonalariga kirişlari söralganligi taʼkidlandi.

3. Işçi guruhning rasmdagi öquvçilar va ota-onalar bilan suhbati jarayonida mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt taşqarida qolib ketmaganligi sababli eʼtirozlari yöq ekanligini taʼkidlaşdi.

Yakuniy xulosaga köra: har bir öquvçining maktabdagi vaqtidagi salomatligi va xavfsizligiga keng jamoatçilik vakillari, blogerlardan ham köproq taʼlim sohasi vakillari jon kuydirişlari zarur ekanligini hisobga olib 43-umumtaʼlim maktabi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçisi (D.Nasirdinov), maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

«Andijon viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi barça tizimda faoliyat olib borayotgan rahbarlar, öqituvçilar va xodimlardan maktabdagi öquvçilarning har biriga öz farzandidek dahldorlik tuyğusida yondoşişni, ularning soğliklari va xavfsizliklariga taʼsir körsatuvçi mana şunday holatlarga yöl qöymasliklarini sörab qoladi», - deyiladi Andijon viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi bayonotida.

Nima ham derdik, öşa-öşa gap: «Yangi Özbekiston - Yangiça dunyoqaraş».

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek