Nyu-Yorkda özbek advokatining şov-şuvli ğalabasi
Nyu-Yorkda özbek advokatining şov-şuvli ğalabasi
2013-yilda AQŞga Özbekistondan köçib kelgan va ayni paytda federal sudlarda jinoiy huquq böyiça işlovçi nyu-yorklik advokat Farrux Nuridinov Meksika narkokarteliga aʼzolikda gumon qilingan şaxs uçun minimal jazo muddatiga erişdi, deb yozmoqda Kun.uz.
2018-yilning oktabrida Ortiz-Garsiya Nyu-York Janubiy Okrugi sudi tomonidan 4 kg kokain va qariyb 6 kg fentanil kuçli psixotrop moddasini keyinçalik sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş holati uçun 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi hamda 100 dollar jarimaga tortildi.
Ortiz-Garsiya 16 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin edi. Bundan taşqari, bunday jinoyatlar uçun AQŞda qonun kamida 10 yillik qamoqni nazarda tutadi.
AQŞ federal sudyasi Jorj Deniyels raisligidagi sud jarayoni davomida Ortiz-Garsiyani advokat Farrux Nuridinov himoya qildi. Yaxşi tarzda yölga qöyilgan himoya Ortiz-Garsiya ikki yilga ozodlikdan mahrum etilişiga olib keldi. Sudya Deniyelsning qarori Nyu-York Janubiy Okrugi huquq amaliyotida hali heç qaçon kuzatilmagan voqeaga aylandi. Federal prokuratura hukm yuzasidan şikoyat bilan çiqmagan.
👉 @xushnudbek 👈

