Propiskani bekor qiliş haqidagi petitsiya rad etildi
Propiskaga oid petitsiyani eʼlon qiliş rad etildi
Yodingizda bölsa, ança oldin «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qiliş töğrisidagi petitsiyani joylagandim.
Köpçilik uning natijasi haqida sörayotgani uçun, maʼlumot berib ötmoqçiman.
Öşa petitsiyaga moderator tomonidan rad javobi berilgan.
Yaʼni petitsiya ovozga ham qöyilmadi. Boşqaça aytganda mening fikrim «tuğilmayoq böğildi».
Rad qilişning asosi sifatida balandparvoz gaplar yozilgan. Aytişlariça, doimiy propiskani soddalaştiriş böyiça köp işlar qilinayotgan emiş, şu sababli mening petitsiyamni eʼlon qiliş rad etilganmiş.
Vaholanki, men propiskani soddalaştirişni emas, bu tizimni butunlay bekor qilişni söraganman. Bu ikkalasi mazmunan boşqa-boşqa narsalar ekanligini tuşuniş qiyin emas.
Moderator javobining sönggida quyidagiça deyiladi:
«Yuqoridagilardan kelib çiqib, mamlakatimizda uşbu sohada islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotganligini hisobga olgan holda, 2019-yil 2-fevraldagi “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaat qiliş va ularni körib çiqiş tartibi töğrisida”gi Nizomga muvofiq, “Mening fikrim” veb-portaliga elektron jamoaviy murojaatni joylaştiriş yoki joylaştirişni rad etiş haqidagi masalani körib çiqiş uçun vakolatli davlat organlari va moderator vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan Işçi komissiya tomonidan murojaatingiz “Mening fikrim” veb-portaliga joylaştirilişi maqsadga muvofiq emas, deb topildi».
Lekin xulosada Nizomning aynan qaysi bandi böyiça rad qilinganligi aytilmagan. Bunga hayron qolmasa ham böladi, çunki Nizomda rad qiliş asoslari aniq sanalgan bölib, mening petitsiyam ularning birortasiga tuşmaydi. Qanday asos bilan rad qilayotganini özlari ham bilişmaydi.
Avvalroq “Mening fikrim” portalida Nizomdagi muddatlarga rioya qilmaslik holati muntazam uçrab turgani haqida ham maʼlumot bergandim.
Xullas, bu portaldan könglim qoldi. Faqat rahbarlarga yoqadigan petitsiyalarni ötkazib, sal yoqmaydigani çiqib qolsa, asossiz rad qiladigan bölişsa, bunaqa portaldan kimga nima foyda?
Yodingizda bölsa, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qiliş, buning uçun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, jumladan, Internet tarmoğida maxsus “maydon”lar yaratiş zarurligini taʼkidlab ötgan edilar.
“Mening fikrim” portali ham şu taşabbus ortidan oçilgandi. Davlatimiz rahbarining uşbu maqsadi "xalq - qonunlarning asosiy ijodkori bölsin" degan prinsip ustiga qurilgandi.
Ammo propiska haqidagi petitsiyaning assosiz rad qilinganini körib, aytiş mumkinki, portalni yuritayotganlar, nazorat qilayotganlar özlarining asossiz tsenzuralari orqali xalqning fikrini böğişmoqda, faqat özlariga yoqadigan jamoaviy murojaatlarni ötkazib, sal yoqmaydiganlari çiqib qolsa, rad etişib, közböyamaçilik bilan şuğullanişmoqda. Prezidentning işonçi hayf Sizlarga!
👉 @xushnudbek 👈
