Eyforiyadan keyin: mukofot va bayramdan keyingi rejalar

Matn28-iyun, 2019, 08:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Eyforiyadan keyin

Bugun yana yangi tong otdi. Yangi kun boşlandi. Keçagi kun esa... tugadi.
Qani endi har bir kunimiz keçagiday bayram bölsa... Mukofotlarni oldik, minbarlarga çiqib nutq irod qildik, önlab telekanallaru radiolarga intervyular berdik, qoyillatib rasmlarga tuşdik, tabriklaru maqtovlarni eşitib moyday eridik, qöşimçasiga keçki payt ziyofatlarda yedik-içdik... Xullas, butun dunyoni unutib, faqat özimiz haqimizda öyladik, dam oldik, öynadik-kuldik...

Lekin hayot öyin-kulgudan iborat emas va har kuni keçagiday yaşay olmaymiz. Bir uxlab turgandan keyin, eyforiyalar tarqadi, hayajonlar ketdi. Endi yana kelgan joyidan davom ettiramiz.

Avvalgi prinsipimiz qanday bölsa, öşa prinsipni asliça saqlab qolamiz, kerak bölsa oldingidan ham kuçaytiramiz.

Bizni kuzatişda davom eting...

Va duolaringizda unutmang. Aytgança, keça tabrik yöllagan barça insonlarga çeksiz minnatdorlik bildiraman, barçaga alohida javob yoza olmaganim uçun uzr.

P.S.: baʼzan boşimizga biror kiçikroq sinov, muşkullik kelsa, darrov tuşkunlikka tuşib qolamiz, mayda narsalardan ham fojia yasay olamiz. Ammo quvonçli kunlarimizni juda oddiy qabul qilamiz, xuddi har kunimiz şunday böladiganday. Aslida baxtli kunlarimizdan ham maksimum lazzatlanişni örganişimiz kerak, buning aybi yöq. Çunki baxtli kunlarimiz ham ğanimat. Umrimiz ğanimat...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek