Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Eyforiyadan keyin: Prezident bilan uçraşuv taassurotlari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Eyforiyadan keyin
(eski postning sal tahrirlangani)

Bugun yana yangi tong otdi. Yangi kun boşlandi. Keçagi kun esa... tugadi.

Qani endi har bir kunimiz keçagiday bayram bölsa... Prezident bilan uçraşdik, suhbatlaşdik, selfiga tuşdik, internetda hamma şu haqida gapirdi, tabriklaru maqtovlarni eşitib moyday eridik.

Xullas, xursandlikdan terimizga siğmay ketdik... Axir har kuni ham Sizda bunday imkoniyat bölavermaydi-ku.

Lekin hayot faqat quvonçdan iborat emas va har kuni keçagiday yaşay olmaymiz. Bir uxlab turgandan keyin, eyforiyalar tarqadi, hayajonlar ketdi. Endi yana kelgan joyidan davom ettiramiz.

Avvalgi prinsipimiz qanday bölsa, öşa prinsipni asliça saqlab qolamiz, kerak bölsa oldingidan ham kuçaytiramiz.

Bizni kuzatişda davom eting... Va duolaringizda unutmang, iltimos.

Tanqidlarga kelsak, ularni kelgusida albatta inobatga olişga harakat qilaman. Xatolarimiz bor bölsa, uni şaxsiyatga ötmasdan töğri tuşuntirişsa, bu juda ajoyib-ku! Sof niyatda bizga közgu tutadigan şunday döstlarimiz borligi uçun behisob şukr.

Aytgança, keça tabrik yöllagan barça insonlarga çeksiz minnatdorlik bildiraman, barçaga alohida javob yoza olmaganim uçun uzr.

P.S.: baʼzan boşimizga biror kiçikroq sinov, muşkullik kelsa, darrov tuşkunlikka tuşib qolamiz, mayda narsalardan ham fojia yasay olamiz. Ammo quvonçli kunlarimizni juda oddiy qabul qilamiz, xuddi har kunimiz şunday böladiganday. Aslida baxtli kunlarimizdan ham maksimum lazzatlanişni örganişimiz kerak, buning aybi yöq. Çunki baxtli kunlarimiz ham ğanimat. Umrimiz ğanimat...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek