Blogerlarning davlat mukofoti bilan taqdirlanişi

Matn27-iyun, 2019, 16:333 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​«Blogerlar ham odammi, aka» degan gaplar ötmişda qoldi

Sönggi yillarda menga eng köp aytilgan gaplar röyxati bilan tanişing:

- Siyosatga qarşi çiqma!
- Oqimga qarşi suzma!
- Hukumatni tanqid qilma!
- Bu ketişda tepadagilar seni aniq “sindirişadi”!
- Nima qilasan rahbarlarning köziga yomon körinib?
- Qamab qöyişmasa görga edi...
- va h.k.

Mana, misol uçun yaqindagina kunduzi çiroq yoqib yuriş masalasiga oid maqolamdan keyin bir hurmatli akamiz quyidagiça şaxsiy xabar yuboribdilar (sözma-söz keltiraman):

«Odamlarni isyonga daʼvat etiş, davlatning qonun-qoidalariga işonçsizlik kayfiyatini uyğotiş kabi ayblar qöyilişi mumkin sizga. Yoşlik qilib, istiqbolingizni kuydirib qöymang».

Baʼzan şayton yuragimga qutqu solganidan, “rostdan hammaga yomon körinib zarilmi menga?” deb öylab qolardim. Hukumat vakillariyu, vazirlar, hokimlaru taşkilot rahbarlarini körgani közi, otgani öqi bölmasa kerak, kelajagimni barbod qilişga arziydimi şu blogerligim derdim.

2014-2017-yillarda bitta tanqidim tufayli TVdagi ayrim rahbarlar meni baʼzi telekanallarning “qora röyxatiga” kiritib qöyişganini ham yaxşi eslayman (tovba, xuddi TVga çiqmasam ölib qoladiganday, menga “zapret” qöyişganiga balo bormi?).

Lekin bugun amin böldimki, bularning barçasi içki qörquvimiz xolos. Tsenzurani özimiz öylab topganmiz, özimiz kuçaytirganmiz va özimiz uni eng yuqori çöqqiga olib çiqqanmiz. Çunki hammaga hadik bilan qaraymiz, hammadan qörqamiz, ovozimizni birovlar emas, birinçi bölib aynan özimiz böğamiz!

Bugun tarixda ilk bor 2 nafar bloger davlat mukofotlari bilan taqdirlandi: men hamda @davletovuz kanali muallifi. Bir qaraşda Telegramdagi eng “ğalamis”, Hukumatni eng köp tanqid qiladigan, birovlar közi bilan qaraganda “xalqni eng köp gij-gijlaydigan” ikki nafar bloger. Ammo tasavvurlarimiz yana bizni aldadi, "yuqoridagilar" blogerlarga umuman boşqaça, xayrixohlik közi bilan qaraşar ekan.

Mening öta şaxsiy fikrimça, Prezident uşbu Farmonga imzo çekar ekan, mamlakatdagi söz erkinligining yangi bosqiçiga start berdi. Siz öylaşingiz mumkin, şu ikkala bloger davlat mukofoti oldimi, demak böldi, yutuq ularniki, faqat ularga mazza, deb. Aslida unday emas.

Agar masalaga kengroq qarasak, bu Farmon bilan Özbekistondagi har bir fuqaro, u qaysi sohada, kim bölib işlaşidan qatʼi nazar, erkin va mustaqil fikr ayta olsa, öz söziga va fuqarolik pozitsiyasiga ega bölsa, biz öylaganday, Hukumat ularni yomon körmasligi, aksinça ularni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini maʼlum qilmoqçi.

Bu Farmon bilan, fuqarolik jurnalistikasining har bir vakili, har bir bloger eng yuqori darajada tan olinişi mumkinligiga işora qilişmoqçi.

Davlat mukofoti berilgandan keyin men yoki Davletov.uz darrov “bizda hammasi yaxşi, hammasi zör, yaşasin musaffo osmon” degan pozitsiyaga ötmasligimizni, aksinça bundan ilhomlanib, yanada ötkirroq mavzularda tahliliy va tanqidiy qalam tebratişda davom etişimizni rahbarlar ham juda yaxşi bilişadi. Aslida ularga aynan şu kerak.

Bu mukofot ovozni öçiriş emas, aksinça uni yanada balandroq kötariş, qolgan fuqarolarni ham qörqmasdan “gapirişga” undaş ekanligini yaxşi anglaşimiz kerak.

Davlat rahbari mazkur Farmon orqali bizdan aynan şuni söramoqda, şu jamiyat rivoji uçun erkin va hur fikrli, niyati xolis bölgan insonlarning köpayişini xohlamoqda.

Xöş, biz bu çaqiriqqa tayyormizmi? Şu jamiyat va yurt rivoji uçun kerak joyida maqtab, kerak joyida rahbarlarning jon-jonidan ötkazib yuboradigan aççiq tanqidlarimiz bilan ularga közgu tutişga tayyormizmi? Heç qaysi bir guruhlarning noğorasiga öynamasdan, xolis va asosli, eng asosiysi erkin fikrlarimiz bilan olis safarga çiqqan davlatga yordam berişga tayyormizmi?

Sizçi, siz bunga tayyormisiz?

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek