Blogerlarning budjet mablağlarini tejaşdagi roli

Matn13-noyabr, 2020, 18:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Blogerlarning byudjetga foydasi

@davletovuz telegram kanali Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasi tomonidan Trailblazer avtomobili xarid qilingani haqida yozgan edi.

Albatta u bu gapni havodan olmagan. Davlat xaridlari portalida amalga oşgan xaridlar ruknida şunday maʼlumot turgani uçun yozgan.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligining xabar qilişiça, haqiqatdan 2-noyabr kuni Trailblazer olişni xohlab, eʼlon berişgan, hatto şartnoma ham tuzişgan.

Ammo sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqda keng jamoatçilik tomonidan bildirilayotgan turli fikrlar inobatga olingan holda agentlik bu xariddan voz keçibdi va avtomobilni sotib olmabdi.

Blogerlarga rahmat aytiş kerak özi. Budjet, yaʼni xalq pulini dabdabali xaridlarga sarflaydiganlar öylab iş qiladigan bölyapti. Masalan, hozirgi vaziyatda Trailblazer uçun 400 mln söm sarflanmabdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek