Jizzaxda hokimning qiziga tegişli firma tanlovda ğolib böldi

Matn25-dekabr, 2020, 11:311 daqiqa1 koʻrish

Manba:davletovuz

​​Jizzaxning 2 mlrd sömlik çiroyi

Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi 2020-yil noyabr oyida Jizzax şahri köçalarini körkam qiyofaga keliriş va obodonlaştiriş maqsadida Şarof Raşidov köçasiga manzarali daraxtlar va mavsumiy gullar ekiş (arça?) uçun buyurtmaçilarni tanlab oliş maqsadida tanlov eʼlon qilgan. Qariyb 1 mlrd sömlik davlat buyurtmasini "My Flower" MÇJ yutgan.

Mablağlar viloyat hokimi Saliyev Ergaş Alibekoviç farmoyişi bilan mahalliy byudjetning oşirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Yana bir tarafi: hokim mazkur farmoyişni tasdiqlaş uçun xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdagi sessiyasiga kiritişni birinçi örinbosariga topşirgan.

2020-yilning fevral oyida esa Jizzax şahri köçalariga mavsumiy gullar ekiş obyekti böyiça ötkazilgan tanlovda ham "My Flower" MÇJ pudratçi sifatida ğolib böladi. Loyiha qiymati 1 mlrd 69 mln söm.

"My Flower" MÇJ kimga tegişli? 2019-yilning may oyida davlat röyxatidan ötkazilgan mazkur tadbirkorlik subyektining 50,80% uluşiga Saliyeva Nargiza Ergashevna (Saliyeva Nargiza Ergaşevna), 49,20%iga esa Xolmo'minov Zohidjon Xolmurod o'g'li (Xolmöminov Zohidjon Xolmurod öğli) egalik qiladi. Korxona gullar va ularning uruğlarini yetiştiriş bilan şuğullanadi.

Bizda tasodiflar bölmaydi. Budjet puli sarfi hokimlarning qölida. Hokimlar esa kimgadir ota, aka, uka, öğil. Pul va qarindoşning begonasi bölmaydi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek