Andijonda 20 mlrd sömlik manfaatlar töqnaşuvi aniqlandi

Matn25-dekabr, 2020, 09:032 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

​​Andijon viloyati “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK rahbariga taalluqli bölgan kompaniya qariyb 20 mlrd sömlik davlat buyurtmalarini olgan

Andijonda "Milano Biznes Servis" degan MÇJ budjet mablağlaridan qurilayotgan qariyb 20 mlrd sömlik uçta obyektni barpo etiş uçun pudratçi sifatida tanlab olingan. Jumladan, Jalaquduq tumanida "Oyim" köp tarmoqli poliklinikasini (6 mlrd söm), Izboskan tumanidagi 42-maktabni (6,9 mlrd söm), Qurğontepa tumanidagi 5-umumiy maktabni (6,7 mlrd söm) rekonstruksiya qiliş mazkur kompaniyaning çekiga tuşgan.

Yuridik şaxslar reyestriga köra, "Milano Biznes Servis" MÇJning barça uluşi Kodirov Muxiddin Abduraimoviçga tegişli. Qiziq tarafi — qariyb 20 mlrd sömlik davlat buyurtmasini olgan kompaniya egasi ayni paytda xuddi uşbu qurilişlarga buyurtma bergan davlat taşkiloti — Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasining ham rahbari hisoblanadi. Modomiki oçiq maʼlumotlar rost bölsa, bu korrupsiyaning eng köp tarqalgan turlaridan biri — manfaatlar töqnaşuviga yaqqol misoldir.

"Milano Biznes Servis" MÇJ yutib olgan yoki töğridan-töğri olgan davlat buyurtmalarining ayrimlari manzilli dasturlardan ham örin olgan. Obyektlar böyiça tuzilgan turli komissiyalarda ham buyurtmaçi sifatida “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari ham ötirgan. “Manfaatlar töqnaşuvi” oldi olinmagan. Masalan, pudratçi kompaniya uluşi Kodirov Muxiddin Abduraimoviçga taalluqli ekanligi biror-bir tanlov yoki tender hujjatlarida qayd etilmagan va “samootvod” qilmagan.

Yana bir tarafi. 15-apreldan 1-iyulga qadar pandemiya sababali kapital taʼmirlaşga taqiq bölganiga qaramasdan — birgina iyun oyining özida ikki marta asosiy şartnomaga qöşimça kelişuvni davlat xaridlari portaliga yuklaşga urinib körgan. Oxir-oqibat 1-iyul kuni — uçinçi urinişda buning uddasidan çiqişgan.

Umid qilamizki, korrupsiyaga qarşi kuraşişga masʼul bölgan idoralar uşbu holatga huquqiy baho beradi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek