Propiska rejimini bekor qiliş böyiça yangi petitsiya

Matn31-yanvar, 2020, 11:193 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Propiska rejimini bekor qiliş böyiça uçinçi marta petitsiya yubordim. Faqat bu safar «propiska» sözini işlatmasdan...

Keça qiziq voqea böldi, şuni Sizlarga sözlab bersam.

«Mening fikrim» degan jamoaviy murojaatlar portali bor. Men bu portalni közböyamaçilikka oçilgan deb, hisoblayman. Çunki şu kungaça 2 marta propiskani bekor qiliş haqida petitsiya qoldirgan edim. Ammo birinçi petitsiyam ham, ikkinçi petitsiyam ham tsenzuradan ötmagan va hattoki ovozga ham qöyilmasdan rad qilingan.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida propiska mavzusi ham tilga olindi va bu tizim davlatimiz rahbari tomonidan “30 yil davomida xalqimizning oyoğiga solingan kişan” deb baholandi.

Şundan keyin öylab qoldim. Balki endi propiska haqidagi petitsiyamni çiqarişar. Avval rad qilişganini tuşunsa böladi, çumçuq pir etsa, yuragi şir etadiganlar bunaqa petitsiyalarni çiqarişga qörqişgan. Lekin şaxsan Prezidentning özi uşbu tizimni tanqid qilib turganda bunday petitsiyani rad qiliş ahmoqgarçilikku!

Şunday xayol bilan portalga kirdim va propiska rejimini bekor qiliş töğrisida petitsiya qoldirdim. Lekin...

Lekin har qança urunmay petitsiyani joylab bölmadi, “Yuboriş” tugmasini bosişim bilan yana orqaga qaytib qolaverdi. Hayron böldim. Xayolimga kelgan dastlabki fikr meni bloklaşibdi deb öyladim. Şu sababli petitsiya joylaşni döstlarimdan iltimos qildim. Ammo ular ham propiska haqida qoldira olişmadi. Sinov tariqasida umuman boşqa mazmundagi istalgan matnni kiritsak, baza qabul qilyapti, ammo aynan propiska haqidagisini joylab bölmayapti.

Demak, bundan xulosa qiliş mumkinki, portalda “propiska” degan sözni “qora röyxat”ga kiritib, şu mazmundagi petitsiyalarni qabul qilmaydigan qilib qöyişibdi. Qoyil, barakalla! Bunaqa kallalar bilan Özbekiston kelajagi gullab-yaşnab ketadi.

Taxminimni amalda sinab ham kördim. Yaʼni petitsiyadagi «propiska» sözlarining örniga «doimiy röyxatdan ötiş» deb yozdim. Natija nima böldi, deb öylaysiz? Ha, ha, ha – petitsiya qabul qilindi!

Töğrisi, nima deyişga ham hayronman... Birovlar jinoyatlarning oldini oliş uçun piçoqlarning uçini ötmaslaştirsa, boşqa birovlar öziga muammo bölmasin deb, umumxalq fikrini bildiradigan portalda “propiska” sözini bloklaşadi. Mdaaaa...

Xullas, propiskani bekor qiliş haqidagi petitsiya “propiska” sözlarisiz qoldirildi. Unda quyidagi takliflarni bildirdim:

1) propiska rejimini bekor qilib, uning örniga şunçaki turgan joyi böyiça röyxatdan ötiş tizimini joriy qiliş;
2) propiskasiz fuqarolarga ikkilamçi bozordan uy olişga bölgan taqiqni bekor qiliş;
3) propiskaga qarab fuqarolarga turliça davlat boji tölaşni bekor qiliş;
4) xuddi Rossiyadagiga öxşab, boşqa hududda röyxatdan ötmasdan yaşaş muddatini 10 kundan 90 kungaça uzaytiriş;
5) röyxatdan ötişni vakolatli organdan ruxsat söraş emas, balki faqat xabardor qiliş mazmunida belgilaş.

Endi kutişimiz kerak. Qoida böyiça uşbu petitsiya 15 kun içida moderatsiyadan (tsenzuradan) ötişi kerak. Yoki petitsiyani ommaga eʼlon qilişadi, yoki bu safar qonunga xilof ravişda rad qilişadi. «Yangi Özbekiston – Yangi Parlament» qanday qaror qabul qilar ekan, kutamiz.

P.S.: petitsiyani moderatorlar tasdiqlamagunça ovoz berib bölmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek