Jamşid Qöçqorov propiska tizimini bekor qiliş haqida
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatida propiska masalasi tilga olinganining muhim va foydali tomoni şundaki, endi yuqori darajadagi mansabdorlar ham qörqmasdan bu laʼnati tizim haqida qarşi fikr bildira oladilar. Ilgari propiska mavzusida gap oçilsa, “yuqoridagilar nima derkin” deya, ehtiyotkor bölişardi.
Masalan, bugungi Xalqaro press-klub yiğilişida Boş vazir örinbosari - moliya vaziri Jamşid Qöçqorov propiska haqida şunday debdi:
“Propiska tuşunçasi heç qayerda yöq. Bizda ham yöq bölişi kerak. Yevropada nega rivojlaniş darajasi yuqori, çunki aholi u yerda mobil. Masalan, fuqaro bir hududdan narsalarini maşinaga ortadi va köçib ketadi. Bizdaçi, bir neça yillardan beri bir şahardan, yoki qişloqdan siljimasdan yaşab kelayotgan vatandoşlar bor”.
Xullas, şu masala qayta oçilganidan maksimal darajada foydalanib, butunlay propiskani yöqotişga harakat qilişimiz, turli davralarda oldingidan ham köproq bong urişimiz kerak.
👉 @xushnudbek 👈

