Propiska tizimini bekor qiliş masalasi

Matn13-iyul, 2018, 19:201 daqiqa0 koʻrish

"Munosabat" körsatuvida savol berilyapti: "Öqituvçilarni Toşkent şahriga doimiy propiska qiliş masalasi körib çiqiladimi? Uzoq yillar davomida Toşkent şahrida işlayotgan öqituvçilarni doimiy propiskaga kiritiş mumkinmi?"

Tovba qildim, nimaga aksariyat hollarda doimiy propiska olişda ayrim sohalarga imtiyoz berişni sörab çiqişadi-a? Undan köra "Bu ölgur propiskani butunlay yöqotiş masalasi qaçon körib çiqiladi? Xalqni erkin köçib yuriş huquqini baʼzi jihatlarda çeklaydigan bunday - yumşoq qilib aytganda "ğalati" tartibni qaçon yöqotamiz?" deb savol berilişi kerak emasmi?

Masalan, Toşkent şahrida propiskasiz uy sotib olişga huquq berilişi haqida rosa şov-şuv qilişgandi. Jimmm bölib ketdi şu masala ham. Doimiy propiska bilan boğliq çeklovlarni olib taşlasa şunçalar davlat rivojiga tösiq böladigan oqibatlar kelib çiqişi mumkinmi? Valyutani oçişdi, çegaralarni oçişdi, soliqlarni kamaytirişyapti, aksinça kundan-kun hayotimiz yaxşilanib boryaptiku. Propiska siyosati nahotki valyuta siyosatidan ham muammoliroq bölsa?!

E, xullas, bularning barçasi IMXO xolos. Bir gapirgim keldida.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek