Propiska tizimidan voz keçiş haqida murojaat
Jurnalist Aziza Qurbonava öz Telegram kanalida (@aqurbonova) laʼnati propiska tizimiga oid xotiralari bilan örtoqlaşibdi. Rostini aytsam, juda mazza qildim. Taʼsirlanib, etlarim jimirlab, köz oldimda tasavvur qilib öqidim. Propiska haqida yozgan barça maqolalarimni şu birgina esdalikka almaşgan bölar edim :)
Sizga ham ilindim.
https://telegra.ph/Stoplaughingatpeople-06-25
Bu esdaliklarning barçasi Toşkentda tuğilib ösgan inson tilidan aytilayotgani ham ançayin taʼsirli.
Propiska haqidagi birlamçi maqolalarimdayoq menda doimiy propiska borligi, allaqaçon - 2012-yildayoq 2-band bilan öşa zormanda propiskani olganimni aytib ötgandim.
Bundan asosiy maqsad - özimga kerakligi, alamzadalagim yoki şaxsiy manfaatim uçun bularni yozmayotganimni bildirib qöyiş edi. Çunki tepadagilar orasida «şu bolaga propiska beringlar, ovozi öçsin» degan gap-sözlar bölmasligini, bu aytilayotgan gaplar 1 yoki 2 kişining şaxsiy muammosi emas, balki xalq va millat dardi, taşvişi ekanligini tuşunişlarini istaganman.
Baraka topgurlar, iltimos, haliyam keç emas, xalqni propiskali va propiskasiz ikki toifaga ajratuvçi, soliq tölovçilarni birini ikkinçisidan ustun qöyuvçi, şu xalq vakili bölgan viloyatliklarni davlat oldida qadrsiz ekanligini taʼkidlovçi, fuqarolarni tahqirlovçi bunday tizimdan voz keçaylik. Iltimos, Sizlardan, Xudo xayringizni bersin, iltimos...
👉 @xushnudbek 👈

