Özbekistonda öqituvçilik kasbining nufuzi böyiça sörovnoma

Matn13-iyul, 2018, 18:391 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hozir jonli efirda bölayotgan "Munosabat" körsatuvidan:

Usmon Şarifxöjayev, Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği örinbosari:

"Xitoyda ötkazilgan ijtimoiy sörovnomada "Farzandingiz öqituvçi bölişni istaysizmi?" degan savolga 55% insonlar "Ha" deb javob berişgan. Biz ham ana şunday sörovnoma ötkazib kördik. Natija qanaqa böldi deb öylaysiz? Bizda ötkazilgan sörovnomada atigi 7% insonlar farzandini öqituvçi bölişiga roziligini bildirdi.

Eng qiziq tomoni, xuddi şu sörovnomani öqituvçilar orasida ötkazganimizda, natija oldingisidan ham past, bor-yöği 3% çiqdi. Bizda öqituvçilarning özi farzandini öqituvçi bölişini xohlamasligi maʼlum böldi. Mana şu natijalar ham jamiyatimizda öqituvçilarning tutgan örnini körsatib turibdi."

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek