Sherzod Shermatov: Ta’limga sarmoya kiritish kerak

Matn13-iyul, 2018, 12:323 daqiqa0 koʻrish

​​Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatovning taʼlimga sarmoya kiritiş haqidagi ajoyib fikrlarini töliq keltirmoqçiman:

Markazlaşgan mablağlarni real sektorning örniga aynan taʼlimga sarmoya qiliş kerak!

Prezidentimiz tomonidan jamiyatda öqituvçilarning obrösini oşiriş böyiça aniq topşiriq berildi. Hozirda tegişli hujjatlar loyihalari tayyorlanmoqda.

Hozirgi vaqtda afsuski respublika miqyosida 11 mingdan ortiq öqituvçilik lavozimlarida vakansiyalar mavjud va 66 ming nafardan ortiq oliy taʼlim diplomiga ega bölmagan öqituvçilar maktablarda faoliyat yuritişmoqda. Ular orasida erkak öqituvçilar uluşi 30 foizdan kam ekan. Toşkent şahrida esa bu körsatkiç atigi 10 foizni taşkil etadi!

Bu muammolarning asosiy sababi maktab taʼlimi tizimidagi xodimlarning oylik maoşlarining öta past ekanidir. Oxirgi uç yillikni sarhisob qiladigan bölsak, umumiy örta taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan öqituvçilarning oylik maoşlari eng past bölib, ösiş surʼati ham boşqa soha vakillari maoşlariga soliştirganda ança past bölgan. Natijada 2016-yilda maktab taʼlimi sohasidagi örtaça oylik Moliya sohasinikiga nisbatan atigi 48 foizni taşkil etgan bölsa, bu yilga kelib 42 foizgaça kamayganini köriş mumkin.

Şuningdek, joylarda maktab taʼlimi tizimi xodimlariga majburiy obuna (200 tadan ortiq gazeta-jurnallarga), turli xil tadbirlarga majburiy çiptalar sotiş, maoşidan yana boşqa turli xil majburiy uşlanmalarni olib qolinişi natijasida öqituvçilarning şundoq ham kam bölgan oylik maoşlari undanda kamayib ularning qöligaça yetib borayapti.

Keyin esa hayron bölamiz: nega taʼlimda ota-onalardan turli xil yiğimlar köpaygan, taʼlim tizimi sifati tuşib ketgan, bolalarning tarbiyasi yomonlaşayapti, ularni orasida jinoyat ortayapti, öz joniga suiqasd qiliş hollari köpaymoqda deb...

Hamma öz işi bilan ovora bölib, farzandlarini asosiy vaqtini maktabda ötkazişini inobatga olsak, aynan maktabda yaxşi bilim va tarbiya olgan bolalar kelgusi hayotida muvaffaqiyatga erişiş imkoni kengroq bölişini tuşunib yetişimiz kerak. Yaponiya, Singapur, Koreya kabi davlatlarning rivojlanişining siri ham aynan öqituvçilarning oylik maoşlari yuqori qilib belgilangani va har bir öqituvçi örniga önlab talabgorlar borligidadir.

Şu fursatdan foydalanib, hurmatli moliyaçilarimizdan Prezidentimiz tomonidan qöyilgan uşbu vazifaning yeçimiga bu safar boşqaça yondaşişlarini, avvalgidek turli bahonalar topiş emas, balki qöyilgan vazifani ijobiy yeçiş yöllarini topişga harakat qilişlarini sörab qolamiz.

Taʼlim sohasidagi holatni haqiqiy özgartiriş uçun Xalq taʼlimi vazirligi tizimi xodimlarining oylik maoşlarini bir neça foiz emas, balki bir neça barobar oşiriş zarur! Bu öz navbatida joylardagi isteʼmol talabining köpayişi hamda iqtisodiyotda faollikning oşişiga turtki böladi.

Davlat aynan taʼlimga asosiy sarmoya kiritişi, boşqa sohalarga esa xususiy sektor sarmoya kiritişiga şaroit yaratişi kerak. Davlat işlab çiqarişda yomon boşqaruvçi ekanligini yillar davomida samarasiz bölgan milliardlab dollarlik markazlaşgan manbalar hisobidan amalga oşirilgan investitsiya loyihalari misolida körsa böladi.

Şunday ekan avvalgi xatolarni qaytarmasdan, balki inson kapitaliga investitsiya kiritiş töğriroq böladi.

Yoşlarimizni bilim olişga qiziqişlari ortişi uçun ular hayotda öqituvçilari boşqa soha vakillaridan köra ança yaxşi yaşayotganini körişlari şart! Lekin hozir joylarda örtaça öqituvçining şaroiti bilan örtaça moliyaçining şaroitini soliştirib bölarmikin...

Manba: https://m.facebook.com/shshermatov/posts/1873580276269129

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek