Jamoatçilik kengaşi Çiroqçida öqituvçi kaltaklanişini qoraladi
Manba:Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Çiroqçi tumanidagi 134-umumiy örta taʼlim maktabining ingliz tili fani öqituvçisining kaltaklangani yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşining
M U N O S A B A T I
Millat sifatida qad rostlaş va dunyoning rivojlangan davlatiga aylanişiga faqatgina taʼlim sohasini isloh etiş, buning uçun öqituvçilarning jamiyatda eng obröli qatlamga aylantiriş orqaligina erişiş mumkinligini barçamiz bilamiz.
Biroq afsuski hali hamon joylarda öqituvçilarni tahqirlaş, kamsitiş, haqoratlaş hamda ularning faoliyatiga asossiz aralaşiş holatlari uçramoqda. Bugungi kunda Xalq taʼlimi vazirligi bu borada öqituvçilarni himoya qiliş pozitsiyasida ekanligini alohida qayd etiş lozim.
Kuni keça Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi 134-umumiy örta taʼlim maktabi öqituvçisi Şohnur Oqquziyevning kasbiy faoliyatiga nisbatan jismoniy tazʼyiq, hattoki öqituvçining hayotiga bevosita tahdid qilingani, xaqoratlangani, ayovsiz ravişda kaltaklanganlik holati yuzaga keldi.
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi bu kabi köngilsiz voqealarni keskin qoralaşini maʼlum qiladi.
Öz navbatida Vatanimiz ravnaqi va rivoji uçun befarq bölmagan barça jamoatçilik vakillarini jamiyatda öqituvçilarga nisbatan umummilliy hurmat tuyğusini şakllantiriş, kasbiy faoliyatiga aralaşmaslikka çaqiradi.
Zero, bugungi kunda davlatimiz rahbarining özi öqituvçilarning nufuzi va maqomini oşiriş, ularning professional faoliyat bilan şuğullanişlariga köproq şaroit yaratib berişga qaratilgan çoralarni köriş zarurligiga eʼtibor qaratib, öqituvçilarning huquqlari davlat himoyasida ekanligini, ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralaşuv javobgarlikka sabab bölişini qayd etgan.
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi


