Maqsadli qabul uçun hududiy çeklovlar özgardi

Matn13-iyul, 2018, 08:571 daqiqa0 koʻrish

MUHIM YANGILIK!

Keça maqsadli qabul haqida gaplaşgan edik. Yaʼni faqat maʼlum bir hudud uçun ajratilgan davlat granti şaklidagi kvotalar.

Maqsadli qabulga topşiriş uçun faqat öşa hududdagi kollej-litseyda öqigan bölişi kerak edi.

Endi uşbu qoida özgaribdi. Barça akademik litseylar va respublika miqyosidagi 41 ta tarmoq kollejlar (39 ta Toşkentdagi, 1 ta Farğona va 1 ta Samarqand) istisno sifatida belgilanibdi.

Bu nima degani?

Masalan, surxondaryolik abituriyent Toşkentdagi 1-tibbiyot kollejida öqigan bölsa, endi bemalol tibbiyot oliygohlarining Surxondaryo viloyati uçun ajratilgan maqsadli qabuliga topşira oladi.

Tez orada uşbu 41 ta kollej röyxatini ham eʼlon qilişga harakat qilaman.

P.S.: Özgarişlar yaxşiku, lekin juda keç eʼlon qilinyapti. Qabul tugaşiga atigi 2-3 kun qolganda. Boz ustiga bu butun xalqqa zudlikda yetkaziladigan xabar, lekin faqat qabul komissiyalariga xat yuborilgan xolos (12-iyul sanasi bilan). Mayli, bu haqida keyinroq bafurja gaplaşamiz. Aytadigan gaplar köp.

Yana bir narsa. Işqilib, hudud böyiça taqiq tufayli maqsadli qabulga topşirolmay, boşqa OTMlarga hujjat topşirgan abituriyentlarning hujjatlarini muammosiz qaytarib berişsa böldi. Çunki ular endi imkoniyatdan foydalanib, 2 kun içida qayta hujjat topşirişga ulgurişi ham kerak.

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek