Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi
Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida işlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston hukumatidagi manbaga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
49 yoşli Turdimov 2016-yilning dekabr oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.
Bungaça u 1991-yildan 1995-yilgaça «Özsanoatqurilişbank»ning hududiy bölimlarida faoliyat körsatgan. 1995—1996-yillarda Zarafşon şahar hokimi örinbosari, 1996-yildan 2000-yilgaça Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bölimida boşqaruvçisi sifatida işlagan. 2000-yildan 2008-yilgaça esa Xatirçi tumani hokimi bölgan.
2008-yilda Qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan Turdimov öşa yili Navoiy viloyat hokimi lavozimiga tayinlangandi. U Surxondaryo viloyati hokimi bölguniga qadar Navoiyda faoliyat körsatgan.
Şu kungaça Samarqand viloyati hokimi sifatida işlab kelgan Turobjon Jörayev qaysi vazifaga ötgani hozirça maʼlum emas.
Matn: Daryo.uz
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
