Abituriyentlar boşqa tildagi guruhga hujjat topşira oladimi

Matn12-iyul, 2018, 14:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topşira oladimi?

Köpçilik abituriyentlarni qiziqtiradigan yana bir savollardan biri, örta yoki örta-maxsus taʼlimni özbek tilida (yoki rus) olgan abituriyent OTMning rus tili guruhiga (yoki özbek) hujjat topşira oladimi yoki yöqmi degan savoldir.

Sababi baʼzi OTM qabul komissiyalarida abituriyentlar OTMgaça öqigan tilda hujjat topşirişi mumkinligini, tilni özgartirişga haqqi yöqligini taʼkidlaşayotganligi haqida maʼlum qilişadi. Aslida bu qançalik töğri?

Hozir şu savolga javob berişga harakat qilamiz.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qiliş tartibi töğrisida”gi Nizomining 4-bandiga asosan, Özbekistonda test sinovlari uç tilda — özbek, rus, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida qoraqalpoq tillarida ötkaziladi.

Uşbu nizomda yana quyidagiça qoida bor:

Abituriyent test sinovlarini OTMda öqiydigan tilda topşiradi.

Yuqoridagi qoidani baʼzan notöğri tuşunişlariga guvoh bölib qolamiz. Mazkur bandda abituriyent OTMda öqiydigan tilda test topşirişi kerakligi aytilgan, balkim OTMgaça bölgan tilda emas.

Şuningdek, yuqoridagi Nizomning 12-bandida abituriyent OTM qabul komissiyasiga ariza topşirayotganda quyidagi narsalarni körsatib ötişi kerakligi taʼkidlangan:

taʼlim yönalişi;
öquv tili;
şakli.

Körib turganingizdek, mazkur banddagi qoidadan ham öquv tilini abituriyent özi tanlaşi maʼlum böladi. Nizomning bironta qismida örta va örta-maxsus taʼlimni özbek (yoki rus) tillarida öqigan abituriyent OTMning rus (yoki özbek) tilidagi yönalişiga hujjat topşirişga haqqi yöqligi haqida band mavjud emas, bunday taqiq yöq.

Yuqoridagilardan xulosa qiliş mumkinki, özbek tilida tahsil olgan abituriyent bemalol rus tilidagi guruhga hujjat topşira oladi.

QÖŞIMÇA RAVIŞDA:

Xuddi şu kabi qoida xorijiy tillarga ham taalluqli. Nizomning 4-bandida quyidagi belgilangan:

Abituriyent öqigan çet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) çet tilidan test topşirişi mumkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek