Propiskaga oid petitsiya yana bir bor rad etildi

Matn17-fevral, 2020, 16:232 daqiqa0 koʻrish

​​Propiskaga oid petitsiya yana bir bor rad etildi

Köpçilik «propiskaga oid petitsiyangiz nima böldi?» deb savol bermoqda. Bunday savol berayotganlar öta optimist va kelajakka umid bilan boquvçi insonlardir. Yaʼni ular «balki bu safar Oliy Majlisda ötirgan rahbarlar uşbu petitsiyani çiqarişar» deya işonişadi. Eh, sodda odamlarey😄

Bu safargi rad qiliş sababiga quyidagi asosni keltirişibdi:

Davlat dasturi va Prezident Farmoni LOYIHASIDA “propiska tizimini isloh qiliş” degan band TAKLIF ETILAYOTGANI uçun uşbu petitsiyani çiqara olişmas emiş.

Şu qarorni qabul qilganlarni «savodsiz» desam, köngliga keladi, şundaymi? Bu ularga haqorat bölib tuyulişi aniq. Ammo aytingçi, hali heç qanday qonuniy kuçga ega bölmagan, şunçaki taklif sifatida muhokama qilinayotgan davlat dasturining bir bandini deb, petitsiyani rad qiladiganlarni yana qanday ataş mumkin? Özlaringiz biror nomni taklif qilolmaysizlarmi mabodo?

«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunni butun boşli Oliy Majlisni boşqarayotganlar bilmasligi kulguli, albatta.

Ha, mayli, nima ham derdik, bu safargi rad qiliş unçalik qörqinçli emas. Çunki şundoq ham propiska böyiça işlar boşlangani rost. Bu böyiça şaxsan Prezident topşiriq bergani ham barçaga maʼlum. Tez orada yaxşi yangiliklar eşitişdan umidvormiz. Mening uşbu petitsiyam baribir vaziyatni keskin özgartirib yubormasdi.

Ammo gap bunda emas. Gap mamlakat qonunlarini işlab çiquvçi insonlarning özi qonunlarni bilmasligi yoki bila turib ularga amal qilmasligida.

Ha, baraka topgurlar, şundoq ham Prezident boşçiligidagi davlat siyosati propiskani bekor qilişga qarab ketayotgan bölsa, nimadan bunça qörqasiz, çiqaravermaysizmi, asakangiz ketarmidi, deging keladi. Odam degan şunçalar ham qörqoq va ehtiyotkor böladimi, a? Zamon yangilanişi mumkin, ammo eskiça qaraşli rahbarlarning dunyoqaraşi yangilanmasa, hammasi bekor.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek