IMEI kodlarini röyxatdan ötkaziş tölovini bekor qiliş
Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini röyxatdan ötkazişda tölovlarni bekor qiliş böyiça petitsiya eʼlon qilinibdi.
https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/3640
Bu tizimning mantiqsizligi haqida köp bora yozdik, gapirdik, lekin foydasi bölmadi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bu böyiça biror tayinli reaksiya ham qilgani yöq. Vazir iştirokida matbuot anjumani söradik, ammo "sen kimsanu, seni talabing nima bölardi, men kattakon vazirman axir" degandek munosabat böldi, aniqroği heç qanday munosabat bölmadi.
Hukumatda birorta vakil bormi, nima uçun IMEI kodlarni röyxatdan ötkazişda xalqdan pul olinayotganini asoslab tuşuntirib bera oladigan? Xalq bilan qarama-qarşilik yuzaga kelganda, "faqat xalq aybdor" deyişga tillari burro insonlar, xalqdan pul olişga kelganda ham şunaqa gapga çeçan bölib, tuşuntirib bersa, qanday yaxşi bölardi-ya.
"Mening fikrim" portalini közböyamaçilik deb hisoblaşim (bunga asoslarim bor) haqida avval ham yozganman. Lekin şunday bölsada, keling, bu safar ularga yana bir marta işonib köraylik (biz azaldan işonuvçan xalqmizku özi).
Uşbu petitsiyaga ovoz bering:
https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/3640
10 mingta ovoz yiğgaç, qani köramiz, IMEI kodlar uçun tölovlarni bekor qilişarmikin yoki yöq.
👉 @xushnudbek 👈


