IMEI kodlarini röyxatdan ötkazişdagi muammolar
Saylov bilan bölib hamma IMEI kodlar muammosini unutdi şekilli. Vaholanki, puxta öylanmagan va mantiqan asoslantirilmagan tizimning yaratilişi ortidan minglab fuqarolarimizning telefoni 1-yanvardan işlamay qolişi mumkin. Tasavvur qilyapsizmi?
«Barça tanqidlarga javob berilyapti» deyilganday bölgandi şekilli. Ammo mana bu postga hali birorta rasmiy javob berilmadi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining xöjakörsin uçun yozgan bayonotini hisobga olmaganda, albatta. Ammo bu bayonot ziğirça qiymatga ega emas.
Boz ustiga biz muammo kölamini hisobga olib, şaxsan vazir iştirokida matbuot anjumani talab qilgan edik. Ammo bu ham bölmadi. Vazir janoblarining xalq uçun ajratadigan qimmatli vaqti yöqmi yoki?
Kim bölsa ham mundoq tuşuntirib bersin, ikkita sim-kartali telefonining 2 ta kodini şundoq bazaga kiritib qöyiş uçun xalq nimaga 100 ming söm pul tölaşi kerak? Nimaga?
👉 @xushnudbek 👈
