Oltinsoydagi yer nizosi va janjal böyiça rasmiy bayonot

Matn16-fevral, 2020, 13:382 daqiqa0 koʻrish

​​Boş prokuratura Surxondaryoning Oltinsoy tumanida fuqarolar va içki işlar xodimlari örtasida kelib çiqqan janjal yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Unda aytilişiça, prokuratura organlari tomonidan yer maydonlaridan noqonuniy foydalaniş va egallab olişning oldini oliş böyiça monitoring ötkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida ötkazilgan monitoring davomida “Oq-oltin manzarasi” fermer xöjaligiga qaraşli paxta va ğallaga möljallangan ekin yer maydonining jami 0.39 gektari 6 nafar fuqarolar tomonidan özboşimçalik bilan noqonuniy ravişda egallab olinganligi, 235.35 kv.m. maydonida esa yaşaş imkoniyati mavjud bölmagan uy-joy binolari qurib olinganligi aniqlangan.

Holat böyiça 2020-yil 8-fevral kuni işçi guruh aʼzolari: tuman hokimi, prokurori, IIB boşliği, yer resurslari va davlat kadastr bölimi boşliği va boşqalar tomonidan noqonuniy quriliş qilgan fuqarolarga uşbu yer maydoni fermer xöjaligi tasarrufida ekanligi maʼlum qilinib, fuqarolarning öz hisoblaridan özboşimçalik bilan qurilgan uylarini buzib olişlarini va ularga boşqa manzildan uy qurişlari uçun yer berilişi haqida tuşuntirib ötilgan.

Noqonuniy ravişda quriliş qilib olgan fuqarolarning iltimosiga asosan ularga özlari hisobidan binolarni buzib olişlari uçun 2 kun muddat berilgan.

2020-yil 14-fevral kuni işçi guruh aʼzolari yuqorida körsatilgan manzilga borib körilganida, 3 nafar fuqarolar özboşimçalik bilan qurilgan uyga yaşaş imkoniyati mavjud bölmagan bölsada, köçib kirib olganligi aniqlangan.

Işçi guruh tomonidan noqonuniy qurilgan uy-joylarni buzib olişlari tuşuntirilganida, avvaldan töplanib turgan fuqarolar hokimiyat vakili va IIB xodimlariga qarşilik körsatişgan.

Noqonuniy qurilgan uylarni buzişni imkoniyati bölmaganligi sababli işçi guruh aʼzolari ortlariga qaytib ketişgan.

Şu kuni soat 15:00 lar çamasida işçi guruh tomonidan yuqoridagi manzilga borilganda yuqoridagi fuqarolar va ularning qarindoşlari qöllarida benzin, tayoq, belkurak, toş va boşqa narsalar bilan qurollangan holda işçi guruh oldiga çiqişgan. Uşbu holatda jamoat tinçligini saqlaş va vujudga kelişi mumkin bölgan tartibsizliklarning oldini oliş maqsadida tuman IIB xodimlari jalb qilingan. Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tuşuntirilişiga qaramasdan fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qöllaridagi narsalar bilan taşlanib ketişgan. Noqonuniy ravişda qurilgan uy-joylar işçi guruh tomonidan buzililişi imkoni bölmagan.

Uşbu jarayonda 2 nafar tuman IIB xodimlari hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olişgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek