Kattaqörğonda IIB xodimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
KATTAQÖRĞON ŞAHAR IIB TEZKOR VAKILI S.UMAROVGA NISBATAN QÖZĞATILGAN JINOYAT IŞI YUZASIDAN
2018-yil 22-iyun kuni fuqaro N.T. ariza bilan murojaat qilib, 03.06.2018-yilda Kattaqörğon şahar IIB tezkor vakili S.Umarov va boşqalar uni şahar IIB binosida haqorat qilib, yeçintirişga majbur qilişganligini bildirgan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, 03.06.2018-yil soat 10:00 larda fuqaro N.T. Kattaqörğon şahrining «Dehqon bozori»da bölgan vaqtida şahar IIB xodimlari uni öğrilik qilganlikda gumon qilib, şahar IIB maʼmuriy binosiga olib kelişganligi aniqlangan. Şahar IIB tezkor vakili S.Umarov unga öğrilik qiliş maqsadida bozorga kelganligini aytib, uni haqorat qilgan. Söng IIB maʼmuriy binosining koridorida N.T. ning egnidagi barça kiyimlarini yeçişga majbur qilib, bu holatni özi videotasvirga olgan.
2018-yil 4-iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattakörğon şahar IIB tezkor vakili S.Umarovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda S.Umarov uşlangan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş masalasi körib çiqilmoqda.
Şuningdek, Kattaqörğon şahar IIBda mazkur holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda.
Manba: prokuratura.uz
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
