IIV Kattaqörğonda fuqaro vafoti böyiça maʼlumot berdi
Yuqoridagi holat böyiça IIV Axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi:
Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqörğon tumanida YPX inspektorlarining faoliyati jarayonida fuqaro vafot etganligi borasida yolğon yoki noxolis axborot tarqalişini hamda noörin talqinlar va turli miş-mişlarni oldini oliş maqsadida Içki işlar vazirligi quyidagilarni bayon qiladi.
Joriy yilning 10-iyunida tungi soat 00:50larda Kattaqörğon tumani IIB Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tumanning “Kadan” MFY hududidan ötuvçi 4R-243 avtomobil yölining Alişer Navoiy va Mustaqillik köçalari kesişmasida jamoat tartibini saqlaş böyiça tungi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, fuqaro A.A. boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport svetoforning qizil çiroğidan töxtamasdan ötib, xodimlarning töxtaş işorasiga böysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yaşirinmoqçi bölgan.
Hududdagi 4R-243 avtomobil yölining 7 kilometriga yetganida “Kobalt” yöl qatnov qismining örtasida töxtab, haydovçi avtotransportni taşlab, piyoda qoçişga uringan.
Huquqbuzar, xodimlar tomonidan uşlanib, öta mast holatda bölganligi gumon qilinib, tibbiy körikdan ötiş uçun taklif qilganida, fuqaro A.A. içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarşilik körsata boşlagan.
Şu vaqt oraliğida tibbiy körikka olib boriş uçun transport vositasiga ötkazilgan fuqaro A.A.ning soğliği yomonlaşib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati çaqirtirilgan. Körsatilgan muolajalarga qaramay fuqaro A.A. vafot etgan.
Hodisa sodir bölgan joy Içki işlar vazirligi ÖXB Samarqand viloyati böyiça bölimi iştirokida tuman prokuraturasi tomonidan közdan keçirilib, hujjatlaştirilgan.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv yakuni böyiça jamoatçilikka töliq axborot beriladi.
Ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq faollaridan örganilmagan, yolğon va miş-mişlardan iborat maʼlumotlarni tarqatişdan tiyilişlarini söraymiz.
