Ravşan Ermatov JÇning qolgan öyinlarini boşqarmaydi
Ravşan Ermatov yordamçisining jarohati sababli JÇning qolgan öyinlarini boşqarişga qöyilmadi
Özbekistonlik hakam Ravşan Ermatovning yordamçisi Abduhamidillo Rasulov Rossiyadagi futbol böyiça JÇ ikki öyinini jarohat bilan ötkazdi. Bu haqda futbol eksperti Alişer Nikimbayev maʼlum qildi.
Jarohat ikkinçi öyindan söng özini bildirgan va Rasulov öşandan beri hatto maşğulotlarga ham çiqmagan. Hakamlik qömitasi rahbariyati uning soğayib ketişini kutgandi, biroq bunday bölmadi.
Ermatov Jahon Çempionatining qolgan uçraşuvlarini boşqaradigan hakamlar röyxatiga kiritilmaganining asl sababi şundan iborat. FIFAda faoliyatning brigada tizimi amalda bölib, uç hakamning ham tuşunib va kelişib işlaşi öta muhim. Şu bois yordamçilarning almaştirilişi közda tutilmagan.
Ravşan Ermatov yuzaga kelgan vaziyatdan afsusda, biroq tuşkunlikka berilgani yöq, faoliyatini yakunlaş niyatida ham emas. Ermatov va uning yordamçilari Moskvada qoladi, bu esa FIFA tomonidan ularga bildirilgan yuksak işonçdan dalolat beradi.
Manba: @Anikimbaev
Matn: Daryo.uz
#futbol
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

