Raşid Qodirovga nima uçun 10 yil berildi

Matn28-iyun, 2019, 08:502 daqiqa0 koʻrish

Raşid Qodirovga nima uçun 10 yil berildi?
#yuridik_dars

Ijtimoiy tarmoqlarda bugunning eng köp muhokama qilinayotgan savoli şu bölmoqda. «Nima uçun Raşid Qodirovga 10 yil berildi (jarima jazosi ham bor)? Bu kam emasmi?»
Şu savolga izoh bermoqçiman.

Men sudda qatnaşganim yöq, unda nima gaplar böldi, qanday dalillar aytildi, bunisi nomaʼlum. Lekin berilgan jazoni huquqşunos sifatida şarhlaşimga bu tösqinlik qilmaydi, menimça.

Eng avvalo Raşid Qodirov sud hukmi bilan qaysi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilganini körib çiqamiz:

• Pora oliş (JK 210-moddasi 3-qismining «a» bandi);
• Pora berişga dalolat qiliş (28, 211-modda 3-qismining «a» bandi);
• Firibgarlik (168-modda 3-qismining «a» bandi);
• Soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş (184-moddaning 3-qismi);
• Tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş (236-moddaning 2-qismi);
• Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş (243-modda).

Jinoyat kodeksini oçib, uşbu moddalarni varaqlasangiz, ular içidagi eng oğir jazo nazarda tutilgan jinoyat, bu - pora oliş va pora beriş jinoyatlari ekanligiga guvoh bölamiz. Uşbu jinoyatlar uçun maksimum 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş mumkin.

Xöş, sud unda nima uçun 15 yil emas, 10 yil jazo berdi? Nega 5 yilni “qirqib qolişdi”?

Oliy sud bergan rasmiy xabarga eʼtibor qilsak, quyidagi jumlaga közimiz tuşadi: «Raşid Qodirovga JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari (101 mln 365 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi».

JK 50-moddasining 6-qismi tartibi nima degani u?

Jinoyat kodeksini oçamiz. Unda quyidagiça yozilgan:

«Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmiş yoşdan oşgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati uşbu Kodeks Maxsus qismining tegişli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etiş eng köp muddatining uçdan ikki qismidan ortiq bölişi mumkin emas».

Raşid Qodirov 67 yoşda. Demak, qonun böyiça unga JKda belgilangan eng maksimum jazoning (15 yil) uçdan ikki qismini, yaʼni 10 yil beriş mumkin. Sud aynan 10 yil berişga ham majbur emas, iş holatidan kelib çiqib, 4, 7, 9 yil berişi yoki umuman boşqa yengilroq ham mumkin. Asosiysi 10 yildan oşib ketmasa böldi.

Lekin Raşid Qodirovga sud qonunda mumkin bölgan eng maksimum jazoni, yaʼni 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.

Bor gap şu... Yana qaytaraman, men şunçaki masalaning huquqiy yeçimini keltirdim xolos. Bilib qöygan zarar qilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek