Pora beradiganlarga qarşi kuraş boşlandi

Matn26-avgust, 2018, 21:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Pora beradiganlarga qarşi rasman eʼlon qilinmagan jang boşlangan

Olingan operativ maʼlumotlarga qaraganda, huquqni muhofaza qiluvçi organlarda pora beruvçilarni uşlaş «aksiyasiga» start berilgan.

Bunda organ xodimlariga pora taklif qilgan şaxslar maxsus «tadbir» taşkil qilib uşlanmoqda.

Pora bermoqçi bölganlarni uşlab bergan xodimlarga moddiy va maʼnaviy rağbatlantirişlar vaʼda qilingan, bu işi mansab pillapoyalarida ösiş uçun ham yordam berişi mumkin.

TVda ayni şu mavzuda turkum reportajlar köpayib qolsa ham ajab emas.

Tak çto, hurmatli pora berişga moyil bölgan şaxslar, vaqt borida esingizni yiğing!

Pora bilan işimni bitiraman deb, umringizni maʼlum qismini qamoqda çiritmang!

Maʼlumot uçun:

Pora beriş jinoyati (JK 211-modda) xuddi pora oliş bilan bir xil jazolanadi.

Jazo tayinlaşda pora miqdori ham ahamiyatli.

Masalan, taxminan 7 ming dollargaça (300 minimalka) bölgan pora bergan şaxsga maksimum 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.

Taxminan 7 mingdan 12 ming dollargaça (300-500 minimalka) pora bermoqçi bölganga 5 yildan 10 yilgaça berilişi mumkin.

Pora 12 ming dollardan oşsa, 10 yildan 15 yilgaça «kesilişi» mumkin.

Endi bir jihati bor. Agar amaldorni özi pora sörab tovlamaçilik qilgan bölsa va majburlikdan pora bergan şaxs 30 kun içida öz ixtiyori bilan xabar bersa, çin köngildan puşaymon bölib, jinoyatni oçişda faol yordam bergan bölsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek