5 ta fandan test sinovlariga oid yangi maʼlumotlar

Matn16-oktabr, 2019, 22:132 daqiqa0 koʻrish

5 ta fandan testga oid yana ayrim maʼlumotlar

DTM kelgusi yili böladigan test sinovlariga oid navbatdagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Bunda ham deyarli yangi gap yöq, asosan umumiy maʼlumotlar berildi.

Jumladan:

👉 barça uçun majburiy bölgan 3 ta fandan test savollari soddalaştirilgan, eng oson darajada böladi;

👉 ayrim yönalişlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bölib qolişi mumkin. Masalan, matematika yönalişiga hujjat topşirgan abituriyent ham majburiy blokda, ham mutaxassislik blokida matematika fanidan test işlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barçasi oson böladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, örtaça, qiyin) böladi;

👉 ballarni hisoblaşda özgariş bölmaydi, avval qanday bölsa, şundayligiça qoladi. Yaʼni har bir blokdan töplangan ballar qöşilib, umumiy ballni taşkil etadi va abituriyentlar mana şu 5 ta blokdan töplagan bali böyiça özaro kuraşadi (ilgari uçta blokning umumiy bali olinardi).

Hozirça şular. Yuqoridagi maʼlumotlar dengizdan tomçi xolos, ammo asosiy savollarga qaçon javob beriladi? Yaʼni qaysi yönalişga qaysi fanlardan imtihon bölişi, test savollari qaysi darsliklardan tuzilişi haqidagi maʼlumotlarni yuz minglab abituriyentlar va ularning ustozlari kutmoqda axir.

Fanlar majmuasi, yaʼni qaysi yönalişga qaysi fandan test savoli tuşişi haqidagi maʼlumotlar Davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Öşançun bu savolni DTMga emas, köproq Davlat qabul komissiyasiga beriş kerak.

Ammo heç bölmasa darsliklar röyxatini hozirdan eʼlon qiliş mumkinku. Şuni ham 5-6 oy kutiş şartmas, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek