Yaqin qarindoşlarning işonçnomasiz maşina boşqarişi
Yaqin qarindoşlarning işonçnomasiz avtomaşina boşqarişiga qaçondan ruxsat beriladi?
Yodingizda bölsa, 10 kunça oldin endilikda yaqin qarindoşlar işonçnomasiz avtomaşina boşqarişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Yaʼni agar transport vositasi egasining suğurta polisida yaqin qarindoşlar körsatilgan bölsa, unda ular transport vositasini notarial tasdiqlangan işonçnomasiz boşqara oladi.
Xuddi şu özgarişni belgilab bergan Hukumat qarori (18.11.2019 / 915-son) bilan yangi suğurta polisi blankasi namunasi tasdiqlangandi.
Yaʼni mantiqan olganda eski namunadagi suğurta polislari blanki bilan işonçnomasiz yurib bölmaydi, sababi ularda qarindoşlik darajasini körsatuvçi bandlar yöq.
Endi bir muammo kelib çiqyapti. Olingan uzunquloq maʼlumotlarga qaraganda, yangi körinişdagi suğurta polislari blanklari 2020-yil mart oyiga borganda amalga kiritilar emiş. Ungaça moliya vazirligi yangi blanklar çop etişga pul ajratmas ekan (suğurta kompaniyasidagilar mijozga şunaqa deyişibdi negadir, hayronman).
Hozirda suğurta kompaniyalariga borib, yaqin qarindorşlarini körsatişni sörayotgan fuqarolarga rad javoblari berilmoqda. Çunki yangi blank yöq...
Yöl-patrul inspektorlari esa haydovçilardan yoki yangi blankdagi suğurta polisini, yoki işonçnomani söraşmoqda.
Hurmatli bilimdonlar, diqqat savol:
2020-yil mart oyigaça yaqin qarindoşlar işonçnomasiz harakatlana oladimi yoki yöqmi? Yangi körinişdagi blanklar hali tayyor bölmasa, unda Hukumat qarori bilan özgariş kiritilganining mazmuni qayerda qoladi? Hammayoqda jar solib, "yengillik böldi" deb xabar berib qöydikku axir. Amalda ham özgariş böladimi?
Uşbu savolga kim birinçi bölib javob berarkin: içki işlar vazirligimi, moliya vazirligimi yoki adliya?
Balki kuni keça IIV YHXBB boşliği lavozimiga tayinlangan Olim Saidov uşbu çigal vaziyatga oydinlik kiritiş uçun jonbozlik körsatar?
Masʼullardan ijobiy javob kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈

