Agrobank va Sberbank onlayn pul ötkazmalarini yölga qöydi

Matn28-noyabr, 2019, 18:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Agrobank va Sberbankdan Rossiyadagi yurtdoşlarimiz uçun xuşxabar!

Keça «Hyatt regency» mehmonxonasida Agrobank tomonidan respublikamizda birinçi bölib yölga qöyilgan «Sberbank-Agrobank onlayn pul ötkazmalar» yangi xizmat turi taqdimoti bölib ötdi.

Mazkur loyiha Rossiya va Özbekistondagi ikkita yirik banklar — Agrobank va Sberbank hamkorligida işlab çiqilgan. Bundan buyon pul yuboriş yoki oliş uçun bank filiallariga borişi şart emas – Rossiyadan Özbekistonga 24 soat davomida hamda dam oliş kunlari ham pul jönatiş mumkin!

«Endilikda bu jarayon avtomatlaştirilgan bölib, Rossiyadagi barça Sberbank filiallarida va «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali amalga oşiriladi va mablağlar mobil ilova orqali Rossiya rublini avtomatik ravişda oluvçining, yaʼni «Agrobank»ning “Humo” plastik kartasiga sömda onlayn tarzda ötkazib beriladi», - dedi Agrobank Boşqaruvçi direktori-Boşqaruv raisi örinbosari Azamat Törayev.

Özbekistonga pul jönatiş uçun nima qiliş kerak?

- Özbekistondagi qabul qiluvçining telefon raqami kiritiladi;
- rublda kerakli summa körsatiladi;
- avtomat tarzda telefon raqamiga boğlangan söm plastik kartasining hisobiga mablağ onlayn ötkazib beriladi.

Şuningdek, qabul qilib oluvçida Agrobankning “Humo” plastik kartasi bölişi kerak. Bunda, rublda qabul qilib olingan mablağ avtomat tarzda söm plastik kartaga konvertatsiya qilinib, ötkazib beriladi.

Qança komissiya olinadi?

Uşbu xizmatdan foydalanganda ötkazilayotgan summaning 1%i miqdorida komissiya olinadi.

Özbekistondan Rossiyaga pul yuboriş mumkinmi?

Hozirgi vaqtda “P2P” xizmati yordamida mablağlarni Agrobank plastik kartalaridan Sberbank plastik kartalariga ötkaziş böyiça işlar olib borilmoqda, kelgusida uşbu imkoniyat ham yaratiladi.
Şuningdek, tez orada uşbu xizmatni «Agrobankmobile» mobil ilovasi yordamida ham amalga oşiriş mumkin böladi.

Kartadagi pullarni qayerlarda işlatiş mumkin?

Tuşgan pullarni xuddi oddiy kartadagidek bemalol işlatiş mumkin. Masalan, 250 mingdan ortiq şoxobçalarda savdo qiliş, Agrobankning 520 dan ortiq bankomatlaridan naqd pul yeçib oliş yoki bölmasa «Agrobankmobile» ilovasidan foydalanib tölovlarni amalga oşiriş mumkin.

Köpçilikka sir emas, Rossiyadagi yurtdoşlarimizning katta qismi Sberbank kartalaridan foydalanadi. Şunga köra, uşbu xizmat musofir yurtdagi vatandoşlarimizga ançayin asqotadi degan umiddamiz.

Reklama huquqi asosida

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek