Swift'dan uziliş nima degani

Matn27-fevral, 2022, 04:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Swift'dan uziliş nima degani?

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari ortidan Rossiyani Swift'dan uziş kerakligi böyiça fikrlar bildirilyapti. Swift nima özi? Uning ahamiyati qançalik yuqori?

Swift dunyo böyiça 11 mingdan ortiq moliyaviy institutlarni birlaştiruvçi axborot almaşiş tizimi hisoblanadi. Belgiyada joylaşgan va Yevropa ittifoqi qonuni böyiça faoliyat yuritadi.

Alohida aytiş kerakki, Swift tölov tizimi emas, balki axborot almaşiş vositasi. Oddiyroq aytganda, öz aʼzolariga xabarlar yuboriş imkonini beruvçi çat yoki Telegramdagi katta bir guruhga öxşatiş mumkin.

Uning kölami şu darajada kattaki, mazkur kommunikatsiya yordamida kuniga milliardlab davlatlararo tranzaksiyalar amalga oşiriladi.

Swift'dan u yoki bu davlatni uziş odatda AQŞ yoki Yevropa davlatlari özining duşmanlarini qattiqroq jazolamoqçi bölgan payt kötariladi.

Aslida siyosiy bölmagan bu tizim şuning uçun ham köp tanqidga uçraydi. Yaʼni, bu tizim ğarb manfaatlariga yon bosadi deb qaraladi*.

Rossiya qançalik bu tizimga boğliq?

Swift ahamiyati şundaki, bu tizim Rossiyaning 30 foiz eksportini taşkil etuvçi neft mahsulotlari uçun tölovlarni kelib tuşişini taʼminlaydi.

Hisob kitoblarga köra, Swift'ga ulangan Rossiya 291 aʼzosining pul oqimlari jami pul oqimlarining 1,5 foizini taşkil etadi. Mazkur tizimda yuboriluvçi xabarlar soni böyiça Rossiya dunyoda 6-örinda turadi.

Bu juda katta raqam – Rossiyaning yillik ötkazma hajmi 800 mlrd dollarga yetişi mumkin. Bu Rossiya Yalpi içki mahsulotining yarmidan biroz köp degani.

Swift muqobili mavjudmi?

Nazariy jihatdan – ha bor. Biroq agar tez, işonçli va oson pul ötkazişni xohlasang, unda yöq.

Nima uçun boşqa şunday tizimda buning imkoni past? Bu AQŞ dollarining kuçi bilan boğliq.

Global tölovlarning yarmi, xalqaro savdoning 90 foizi AQŞ dollarida amalga oşiriladi. Swift orqali yuborilgan xabar böyiça dollardagi tölovlari odatda bir-biri bilan özaro hisobraqamga ega bölmagan banklar örtasida amalga oşiriladi. Buning uçun odatda AQŞ tölov tizimiga ulangan maʼlum bir korrespondent bank iştirok etadi.

Yuqoridan körinadiki AQŞ bilvosita bölsa ham davlatlar örtasidagi tölovlarni amalga oşişiga taʼsir körsata oladi. Swift'siz ham AQŞ allaqaçon yirik Rossiya banklarini AQŞ moliya tizimidan uzişga ulgurdi va Rossiya uçun eksport masalasini ança qiyinlaştirdi.

Şunday bölsa-da ayrim lazeykalar, ayniqsa asosan dollarda hisob-kitob qilinuvçi energiya mahsulotlari eksporti uçun saqlanib qolgan.

Gaz böyiça Yevropa davlatlarining Rossiyaga yuqori boğliqligi tufayli uning ayrim aʼzolari (Germaniya) energiya uçun tölovlarni töxtatişga qarşilik qilişayotgandi. Boşqaça aytganda, joriy qilingan sanksiyalar sanksiya qiliş uçun maqsad qilinmagandi.

Ammo vaziyat juda jiddiylaşişi ortidan va xalqaro bosim ostida Germaniya ham Italiya ham Rossiyani Swift'dan uzişga qarşilik qilmasligini maʼlum qilişmoqda.

Rossiyaning Swift'dan uzilişi Rossiyaning eksport kompaniyalari uçun tölov qilişni deyarli imkonsiz qiladi.

*Bu tizimni siyosiylaşişiga hozir Rossiyadan boşqa deyarli heç kim qarşi emas.

Manba

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1659
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek