Buyuk Britaniya Rossiyaga qarşi sanksiyalarni eʼlon qildi
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarşi sanksiyalarni eʼlon qildi:
➖ VTBning Britaniyadagi barça aktivlari muzlatiladi, şuningdek sanksiya qöllangan boşqa barça banklar Britaniya moliyaviy tizimidan uziladi, ular funt sterlingda operatsiyalarni amalga oşira olmaydi.
➖ «Aeroflot»ning Britaniyaga barça reyslari bekor qilindi.
➖ Rossiyaning yuqori texnologik mahsulotlari importiga ham taqiq qöyildi.
➖ Şuningdek, Rossiyaga Britaniyadan moliyaviy yordam oliş taqiqlandi. Bu degani endi, masalan rus kompaniyalari qimmatli qoğozlarini London birjasiga joylaştira olmaydi.
➖ Sanksiya qöllangan rus amaldorlari va oligarxlari röyxati ham tasdiqlandi. Şuningdek, Britaniya boş vaziri Boris Jonsonning aytişiça, rus oligarxlari öz boyliklarini qanday töplagani haqida keng kölamli suriştiruvlar olib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1428


