Ukrainadagi uruşning 14 kunlik xulosalari
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0tahrirlanganManba:davletovuz
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga 14 kun töldi. Rossiyaning yöq joydan mustaqil davlat suverenitetiga daxl qilganini hamma qoralamoqda, qoralamaganlar ham betaraf holatda xalqaro huquqni hurmatni qilgan holda tinç muzokaralarga çorlaşmoqda. Ikki mamlakatning 14 kunlik xatti-harakatiga baho berib, ayrim xulosalarni bildiriş vaqti keldi:
Birinçidan, armiyaning qudrati, doimiy modernizatsiyasi kun tartibidan tuşmasligi kerak. Rus armiyasi özi haqidagi miflarni özi yöqqa çiqardi, eski harbiy texnika, zaif va eski harbiy strategiya va taktika tufayli “qudratli” rus armiyasi bugun Ukrainada keskin qarşilikdan taşqari logistika muammosiga duç kelmoqda, tank va boşqa texnikalarni şunçaki yonilği yetib kelmagani taşlab ketişmoqda, nafaqat oddiy askarlar, oliy toifali ofitserlar nobud bölmoqda, harbiy boşqaruv krizisdan çiqolmayapti. Bularning barçasi propaganda kanallari körsatganidan, siyosatçilar raport berganidan mutlaqo boşqa kartina hosil qilmoqda.
Ikkinçidan, Ukrainaning saylangan va yoş hukumati Rossiyaning kompartiya yoşidagi rahbariyatiga nisbatan özining samaradorligini, moslaşuvçanligini hamda ğoyaviy ustunligini yaqqol namoyiş etmoqda. Yaʼni demokratik saylovda ğalaba qozongan liderlar axborot uruşida ham, krizisli vaziyatlarda ham nihoyatda samarali işlamoqda, xalqni ruhlantirib, birlaştira olmoqda. Xarkov, Nikolayev gubernatorlari va Zelenskiy jamoasi timsolida buni yaqqol köriş mumkin.
Uçinçidan, Rossiya bir kun kelib Kiyevni qölga kiritganda ham, Ukrainaga özining qöğirçoq odamini rahbar qilib qöyganda ham uruşda allaqaçon mağlub böldi. Mamlakat taraqqiyoti ön yillab orqaga uloqtirildi, millionlab odamlar kambağalikka mahkum etildi, Rossiya keng imkoniyatlar mamlakatidan hatto eng yaqin şeriklari uçun ham “toksiçniy” davlatga aylandi. Rossiya bilan hamkorlik qiliş biznesga ham, davlatlarga ham ziyon keltiradigan bölib qoldi.
Törtinçidan, Ğarb bunday keskin va yakdil sanksiyalar joriy qilişini heç kim kutmagan edi. Ğarb kutilmagan birdamlikni, qatʼiyatni namoyiş qildi, jamoatçilik fikri ham juda tez özgardi. Har doim betaraf bölgan davlatlar ham çetda qolişmadi. Xususiy biznesning Rossiyadagi faoliyatini töxtatişi davlatlar sanksiyasidan ham kuçli zarba böldi. Rossiya rahbariyati eng yomon ssenariyda ham bunaqa ihotalanişini kutmagan edi.
Beşinçidan, Ukrainaga hujum köpçilikning közini oçdi, xulosa çiqarişga turtki böldi. Uruş va sanksiyalar körsatdiki, avtoritar rejimlardan köra madaniy dunyo tarafda böliş afzalroq ekan. Islohotlarni davom ettiriş, iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, Rossiya orbitasidan mumkin qadar özini uzoqroq saqlaş, inson kapitaliga faol investitsiya kiritiş, korrupsiyaga çinakamiga qarşi kuraşiş, davlat hokimiyatining özaro tiyib turiş va muvozanat tizimini amalda taʼminlaş bugun har qaçongidan köra dolzarb. Yopiq jamiyatdan köra oçiq jamiyat kuçli, soğlom va samarali böladi.
Va oxirgisi, Putin va Putin Rossiyasi haqidagi miflar, yolğon tasavvurlar köz öngimizda çilparçin bölmoqda. Putinga yaşirinça yoki oçiqçasiga xayrixoh bölgan minglab odamlar kuçli armiya, kuçli iqtisodiyot aslida puç ekanligiga guvoh bölyapti. Yolğonga qurilgan hokimiyat, yolğon bilan şişirilgan qudrat uzoqqa bormasligiga bugungi Rossiya yaqqol misoldir. IMHO.
Uruş tugasin, tinçlik bölsin!
- 👍 3452



