Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

O'zbekistonda kuchli shamol oqibatlari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0tahrirlangan
Andijon shahrida ko'p qavatli uyning tomi shamol oqibatida yerga uchib tushgan holati
Qutqaruvchilar yo'l chetidagi uchib ketgan tom qismlari va yog'och bo'laklarini tozalashmoqda
O't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar yo'l o'rtasiga tushgan katta tunuka tom bo'lagini chetga olishmoqda

Kuçli şamol oqibatlari

9-mart kuni Özbekistonning bir qator hududlarida kuzatilgan kuçli şamol xavfli holatlarni keltirib çiqargan. Xususan,

➖ Şahrisabz tumani Çorşanbi qörğonida savdo dökonining tomi uçib ketgan;

➖ Qamaşi tumanidagi Navoiy mahallasida joylaşgan yelim idişlar yiğiş punkti tomi uçib ketgan, voqea oqibatida uç kişi jabrlanib, şifokorlarga murojaat qilgan;

➖ Yakkaboğ tumanidagi Toş, Navröz qişloqlaridagi xonadonlarning qöşimça binolari tomlari uçib ketgan;

➖ Kitob tumani Qaynar, Motmon, Qavzixona qişloqlaridagi simyoğoçlar qulagan, Tepaboşi mahallasidagi xonadonning tomi uçib ketgan;

➖ Andijon şahrining Nayman köçasida joylaşgan köp qavatli uyning tomi butunlay uçib tuşgan.

Bundan taşqari, Qaşqadaryoning Dehqonobod tumanida yaşin urişi oqibatida bir kişi halok bölgan, ikki kişi jarohatlangan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 😱 1058
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek