Işonçnomasiz maşina boşqariş tartibi haqida tuşuntiriş
Işonçnomalar bekor böldimi? YÖQ!
Bugun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya hamda Içki işlar vazirligining «Avtotransport vositalarini tasarruf etiş va ularni boşqariş huquqini beruvçi işonçnomalarni rasmiylaştiriş böyiça» körsatmani öz kuçini yöqotgan deb topiş haqida»gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Köpçilik haydovçilar uşbu loyihani va uning asosida OAVlarda çiqqan xabarlarni notöğri talqin qilişmoqda.
Ayrimlar endi butunlay işonçnomasiz ham maşina haydaş mumkin ekan deb öylayotgan bölsa, yana ayrimlar yaqin qarindoşlar örtasida işonçnomasiz boşqariş mumkin bölibdi, deb tuşunişmoqda.
Lekin ikkala tasavvur ham notöğri. Bugun joylaştirilgan loyiha mutlaqo boşqaça mazmunga ega.
Yaʼni loyihaga köra, notariusdan olingan işonçnomalarning 1 nusxasini 10 kun içida hududiy DAN boşqarmalarida qoldiriş tartibi aks etgan körsatma bekor qilinmoqda. Ammo yana bir tomoni — mazkur tartib amalda allaqaçon bekor bölgan, hozirda şundoq ham notariusdan olingan işonçnomaning bir nusxasini GAIga olib boriş şart emas.
Adliya vazirligi bergan maʼlumotga köra, bu tartib 2 yil oldin, yaʼni Vazirlar Mahkamasining 31.08.2017-yildagi 683-son qarori bilan bekor bölgan va notariuslar bu işonçnomani GAIga elektron tarzda özlari yuboradi.
Şuning uçun ham kuçini yöqotişi belgilanayotgan körsatma allaqaçon öz ahamiyatini töliq yöqotgan.
❗️Şu sababli haydovçilarni ogohlantirib aytar edikki, işonçnomasiz maşina boşqariş mumkin böldi, deya notöğri tuşunib, qoidalarni buzib qöymang. Jarima tölaşingizga töğri keladi.
Maʼlumot uçun aytiş joiz, maşina boşqariş uçun yaqin qarindoşlar örtasida işonçnoma beriş tartibi 1-oktabrdan bekor qilinişi rejalaştirilmoqda.

