Töraqörğon IESda birinçi gaz turbinasi işga tuşdi
Töraqörğon IESda birinçi gaz turbinasi işga tuşdi
5-avgust kuni Namangan viloyatidagi Töraqörğon IESda birinçi gaz turbinasi işga tuşirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni vaqtda IES sinov rejimida faoliyat körsatayotgan bölsa, noyabr oyidan töliq işga tuşiriladi.
Birinçi qurilmani 2019-yilning sentabr oyida, ikkinçisini esa noyabr oyida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgandi. Yangi avlodga mansub energobloklar anʼanaviy issiqlik elektr stansiyalari sarflaydigan yonilği birligiga nisbatan ikki barobar köp elektr energiyasi işlab çiqaradi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, buğ-gaz qurilmalarida foydali iş koeffitsiyenti taxminan 59 foizni taşkil etib, bu anʼanaviy buğ generatorli stansiyalar körsatkiçlaridan ança yuqori bölişi bilan birga, energobloklarning iş jarayonida atmosferaga çiqadigan zararli gazlar miqdori qariyb ikki baravarga kamayadi
Töraqörğon IES işga tuşirilişi natijasida bir yilda 900 Mvt qöşimça qöşimça quvvat yoki 7 mlrd KvT soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi va Farğona vodiysining Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj töliq qoplanadi.
Quriliş işlarida 2400 ga yaqin mahalliy va xorijiy işçilar iştirok etdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
