Şavkat Mirziyoyev elektr taʼminotidagi uzilişga munosabat bildirdi
Şavkat Mirziyoyev keçagi elektr energiya taʼminoti uzilişi böyiça munosabat bildirdi
"...Biz bugungi kunda global dunyoda yaşamoqdamiz. Global olamda hamma narsa bir-biriga boğliq. Har bir odamning hayoti butun insoniyat hayoti bilan yanada köproq boğliq bölib qolmoqda.
Olis-yaqin hududlarda yuz berayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, texnogen ofatlar bizga ham öz taʼsirini ötkazmasdan qolmaydi.
Mana kuni keça elektr taʼminoti böyiça sodir bölgan texnik uziliş bir zumda butun mintaqa hayotida kuçli aks-sado berganiga barçamiz guvoh böldik.
Bu avariyadan öşa zahotiyoq xabar topib, darhol Hukumat komissiyasini tuzişga topşiriq berdim. Komissiya tarmoq va hudud rahbarlari bilan doimiy muloqotda bölib, avariya hamda uning iqtisodiyot va aholi hayotiga salbiy taʼsirini bartaraf etiş böyiça işlarni şaxsan nazoratimga oldim.
Şu bilan birga, bunday holatda xalqimiz ham vaziyatni töğri qabul qilib, sarosimaga tuşmadi. Fursatdan foydalanib, avvalo sabr-toqatli xalqimizga, şuningdek, uşbu vaziyatni bartaraf etişda jonbozlik körsatgan barça soha va idoralar xodimlariga, şuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillariga öz minnatdorçiligimni bildiraman.
Bu hodisadan töğri xulosa qilib, biz Özbekiston taraqqiyotini davrimizning global muammolari bilan yanada boğliq holda körişimiz kerak. Bu boradagi mavjud tahdid va muammolarni bartaraf etişga doimo tayyor turişimiz kerak.
Tinç-osoyişta hayot osmondan tuşmaydi. Bu hayotni qadrlaş, asrab-avaylaş, bu hayotni himoya qiliş kerak", - dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2166



