Özbekiston Prezidenti saylovining muhim sanalari

Matn8-iyul, 2021, 19:162 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Saylov yaqinlaşmoqda. Muhim sanalar bilan tanişing.

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentligi uçun saylovlar bölib ötadi. Şunga köra, saylov qonunçiligiga oid ayrim sanalar haqida maʼlumot berib ötmoqçiman.

➖ 5-avgustga qadar (saylovga kamida sakson kun qolganida) viloyat, tuman, şahar saylov komissiyalari tegişli mahalliy Kengaşlar tomonidan ön bir — yigirma bir nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi;

➖ 10-avgustga qadar (saylovdan kamida yetmiş beş kun oldin) saylov okruglarining röyxatlari ularning çegaralari, saylovçilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylaşgan yeri eʼlon qilinadi;

➖ 15-avgustgaça (saylovga kamida 70 kun qolganida) – siyosiy partiyalar Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga bölajak nomzod töğrisidagi maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etişi kerak;

➖ 20-avgustda (saylovga 65 kun qolganida) Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar körsatiş boşlanadi;

➖ 9-sentabrda (saylovga 45 kun qolganida) Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar körsatiş tugaydi;

➖ 14-sentabrgaça (saylovga kamida qirq kun qolganida) okrug saylov komissiyasi beş — ön töqqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda uçastka saylov komissiyasi tuzadi;

➖ 19-sentabrda (saylovga öttiz beş kun qolganida) nomzodlarni röyxatga oliş tugallanadi;

➖ 20-sentabrdan (nomzodlarni röyxatga oliş uçun belgilangan oxirgi kunning ertasi) saylovoldi taşviqoti boşlanadi;

➖ 9-oktabrgaça (saylovga ön beş kun qolganida) saylovçilarning röyxatlari hamma tanişib çiqişi uçun taqdim etiladi.

➖ 22-oktabr saylovoldi taşviqotining oxirgi kuni.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Angliya Yevro-2020 finaliga yöl oldi

    01 daqiqa

Yana oʻqing