Oliy taʼlimda korrupsiyaga qarşi takliflar yiğilmoqda
Oliy taʼlim tizimida korrupsiyani yöqotişga oid takliflaringiz kerak
Xabaringiz bölsa kerak, 8.10.2019-yildagi PF-5847-sonli Prezident Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 26.12.2019-yildagi 1037-son qarori bilan Respublika oliy taʼlim kengaşi tuzilgan edi.
Keça, 6-yanvar kuni, Respublika oliy taʼlim kengaşining ilk yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda taşkiliy masalalar körildi, Kengaş Ustavi asos sifatida qabul qilindi. Endilikda Kengaşni Adliya vazirligidan röyxatdan ötkaziş jarayonlari boşlanadi.
Şuningdek, yiğilişda Kengaşning iş rejasi qizğin muhokama qilindi. Kengaş aʼzolari öz fikrlarini bildirib ötdi va deyarli barça yakdillik bilan eng avvalo Kengaş oliy taʼlim tizimidagi fundamental, tizimli muammolarni yeçişga qaratilgan tahlillarni olib boriş hamda buning natijasi ölaroq tegişli taklif va tavsiyalar işlab çiqiş fikrini qöllab-quvvatladi.
Kengaşning umumiy faoliyati 8 ta ustuvor yönalişlarga bölib çiqildi va yönalişlar böyiça masʼullar belgilab olindi.
Unga köra, men va “Ziyo Forum” fondi raisi Bobur Farmonov ikkalamiz OTMlarning faoliyatida şaffoflik va xolislik tamoyillarini taʼminlaş, korrupsiyaga şaroit yaratuvçi omillarning barvaqt oldini oliş hamda bartaraf etişga qaratilgan tahlillar olib boriş va tavsiyalar işlab çiqiş böyiça masʼul etib belgilandik.
❗️Agar OTMlar faoliyatini şaffoflaştiriş, tizimda korrupsiyani bartaraf etişga oid taklif va mulohazalaringiz bölsa, izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin, Sizlarning fikrlaringiz biz uçun juda muhim.

