OTMlarda 22,5 mlrd söm mablağ özlaştirilgani aniqlandi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Hisob palatasi oliy taʼlim tizimidagi muassasalar faoliyatini örganmoqda
Masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan şubhali holatlar joyiga çiqib örganilganda, 2 ta oliy taʼlim muassasida 22,5 mlrd söm mablağlarni özlaştirilganligi aniqlandi.
Jumladan, Qarşi muhandislik-iqtisodiyot institutida hisoblangan iş haqi va stipendiyalarga nisbatan bankdan ortiqça olingan 21,0 mlrd söm naqd pullar buxgalteriya xodimlari tomonidan qalbaki vedomostlarni tuziş orqali özlaştirilgan.
Xuddi şunday, Jizzax politexnika institutida 1,5 mlrd söm mablağlar plastik kartoçkaga ötkaziş orqali özlaştirilgan.
Buxgalteriya xizmati masʼullari tuşuntiriş xatlarida yuqorida körsatilgan mablağlarni özlaştirganliklarini körsatib ötgan.
Aniqlangan holatlar böyiça rasmiylaştirilgan hujjatlar özlaştirilgan mablağlarni öz joyiga tiklaş va huquqiy baho beriş uçun belgilangan tartibda Boş prokuraturaga yuborildi.
👉 @xushnudbek 👈


