Şavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarşi kuraş haqida
«Endi keçirim bilan iş bitmaydi, qonun oldida javob beriş kerak»
Senatning birinçi yalpi majlisida Prezident Şavkat Mirziyoyev şunday dedi:
«Boş prokurorga uçta yönalişda - quriliş, tibbiyot va oliy taʼlim sohasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça qattiq topşiriq berganman. Senatorlar ham korrupsiya qarşi kurişişda jiddiy nazorat olib borişi kerak. Çunki korrupsiya xalqning ğazabini keltiryapti.
Mana, Iqtisodiyot universitetida bir vallomatni işdan oldim, Xodiyevni. Yangi rektor universitet öqituvçilari örtasida attestatsiya ötkazdi, 65% öqituvçi öta olmadi, bilimi yöq. Tasavvur qilyapsizmi buni? Korrupsiyaga botib ketgan, beçora talabalar şunça yil qanaqa qilib çidab öqigan, hayronman.
Rektorlar ham davlatdan oylik oladiku, axir. Şu sababli rektorlar ham mahalliy kengaşlar oldida hisobdor bölişi kerak.
Keça televizorda Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Majidovning Boş prokuraturadagi yiğilişdan keyingi intervyusini kördim. “Ha, menda xato edi, keçirim sörayman» deydi. Uzr bilan iş bitmaydi, qonun oldida javob beriş kerak hamma. 3 yil keçirdik, yetadi. U davr ötdi. Endi şunçaki keçirib söraş bilan qutilib qoliş bölmaydi, qonuniy çora köramiz”.
👉 @xushnudbek 👈
