Xorijiy ekspertlar Özbekiston iqtisodiy islohotlarini baholadi
Yirik xorijiy ekspertlar kengaşi Özbekistondagi iqtisodiy islohotlar böyiça tahliliy xulosalar qilib bergan. Ularning xizmatiga kim pul tölagan?
Senatning birinçi yalpi majlisida Şavkat Mirziyoyev şunday dedi:
«Biz özimizga mos iqtisodiyot yaratyapmiz, birovlardan köçirib olganimiz yöq. Oçiq gap, men dunyodagi manaman degan 4 ta ekspertlar kengaşi bölsa, biz şularning 2 tasiga pul tölab, Budjet kodeksini qabul qilganimiz uçun hamda oxirgi 2 yildagi soliq siyosatimiz böyiça xulosa qilib berişlarini söradim. Pul byudjetdan emas, Özbekistondagi katta-katta oligarxlarga iltimos qildim, “oğaynilar, 5-10 mln pul beringlar, ular bizga xulosa qilib bersin” deb. Ular xulosa qilib berdi. Keça menga xulosalar keldi. Ular qoyil qolyapti. “Şu rostmi” deb sörasam, rost deyişdi. Keyin ularni taklif qildim, ular yaqinda keladi.
“Heç qayerda soliq yuki bunday kamayib, byudjetga tuşum bunday köpayişi 1 yilda bölmagan, kamida 5 yilda bölgan” deyişdi. Buni iqtisodni bilganlargina tuşuna oladi».
👉 @xushnudbek 👈
