Yuliy Yusupov Özbekiston iqtisodiyotidagi muammolar haqida

Matn14-dekabr, 2020, 09:582 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston iqtisodi ikkita raqamda: 48 mingga sotib oldi va 76 mingga sotdi

Iqtisodçi Yuliy Yusupov Özbekiston qaçongaça kambağal davlat sifatida qolişi haqida Feysbukda fikr bildirdi:

“Nega Özbekiston mehnatsevar va tadbirkor aholisi, tabiiy boyliklari böla turib jahonning eng kambağal 40 ta davlatlari qatoriga kiradi?

Çunki özbek iqtisodiyoti yuzlab, minglab sunʼiy monopoliyalar va korrupsioner tekintomoqlarni yelkasida kötarib turibdi. Masalan, ularga import mahsulotni 48 ming dollarga sotib olib, bojxona tölovlaridan bor-yöği 15 foiz QQSnigina tölab(agar tölasa), uni bizga 76 ming dollarga sotişga ruxsat berilgan. (manba – TrollUz)

Deputatlarga bu raqamlarni eʼlon qiliş taʼqiqlangani bekorga emas: mafiya oçiqlikni yoqtirmaydi.

Şuning uçun toki biz:
– aholi va byudjetga "parazit"lik qiluvçi sunʼiy monopoliyalarni yakson qilmas ekanmiz;

– raqobatni çeklovçi byurokratiya va soliq tösiqlari maşinasi hamda u bilan bir vaqtda birga işlovçi “özlariniki” uçun imtiyoz va preferensiyalar beruvçi maşinani sindirmas ekanmiz;

– sunʼiy monopoliyalar, biznesdagi raqobat uçun tösiqlar va korrupsion "sxema"larni dunyoga keltiruvçi oğir iqtisodiy davlat boşqaruvimizni isloh qilmas ekanmiz;

– öz menejerlari va yuqori turuvçi korrupsiyalaşgan amaldorlari tomonidan allaqaçon “prixvatizatsiya” qilib bölingan davlat korxonalarini xususiylaştirmas ekanmiz;

– xatolik bois "sud", deb ataladigan sudlarimizni haqiqatan isloh qilmas ekanmiz;

– qişloq aholisini majburiy davlat buyurtmalari va hokimlarning çeksiz hukmronligidan iborat feodal-krepostnoylik tizimidan ozod etmas ekanmiz Özbekiston kambağal davlatligiça qolaveradi”.

Post tugadi.
 

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek